Zebo Rahimova (1958)

Zebo Rahimova 1958 yili Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi O‘ris qishlog‘ida tavallud topgan. 1981 yil ToshDU (hozirgi O‘zMU) ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Tuman gazetasida, kitobsevarlar jamiyatida, tuman radiosida, Qaynarbuloq qishloq fuqarolar yig‘inida, bir muddat respublika xotin-qizlar jurnali “Saodat”da ishlagan. * * davomi…

Orif Hoji (1966)

Orif Hoji 1966 yilning 22 martida tavallud topgan. O‘n yetti yoshdan bugungi kungacha Samarqand shahrida  yashaydi. Uning “Bandi ruh” (1994y.), “Ozod ruh” (1994y.), “Yangi ohanglar” (2001y.), “Samarqand sayqali” (2007y.), “Qirq hadis va bir rivoyat” (2008y.),  “Onalar oyog‘i ostida jannat” (2011y.),  davomi…

Zuhra Mamadaliyeva. Munda ramzedur daqiq…

(“Sab’ai sayyor” dostonidagi hikoyatlar va “Lison ut-tayr”dagi vodiylar obrazlari orasidagi bog‘liqlik) Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” asari “Xamsa” tarkibiga kiruvchi uchinchi doston bo‘lib, 1484 yilda yozib tugatilgan. Navoiy uning muqadimasida bir kuni tushida yetti g‘aroyib gumbazni ko‘rganligini, uning har biri o‘zgacha davomi…

Otajon Norov. Adabiyot o‘ladimi? yoxud Shukur Xolmirzayevning mangu savoli (2012)

1 Bundan roppa-rosa yigirma yil ilgari, mustaqilligimizning dastlabki kunlarida taniqli yozuvchi Shukur Xolmirzayevning «Adabiyot o‘ladimi?» maqolasi keng adabiy jamotachilikda jiddiy bahs-munozara uyg‘otgan edi. Ushbu savol hanuzgacha adabiy tanqidchlilik, adabiy davralardagi bo‘lgan munozaralarda e’tibordan tushmay kelayotir. Xo‘sh? Shukur Xolmirzayev maqolasida nima davomi…

Dilorom Alimova. O‘zlikni anglash mashaqqatlari (2005)

XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik nomi bilan mashhur bo‘lgan «ijtimoiy-ma’naviy yuksalish»ni haqli suratda buyuk frantsuz inqilobini tayyorlagan XVIII asr Yevropasidagi ma’rifatparvarlik harakatiga tenglashtirish mumkin. Qolaversa, XX asr tongi Turkistonda shunchaki ma’naviy uyg‘onish davri bo‘libgina qolmay, balki ziyolilarning mamlakat va xalq davomi…