Abdusattor Hotamov. Yovvoyi bog‘ (badia)

Shu haqda o‘yladimu shoxlari ayqash-uyqash yovvoyi olma, bandlari sertikan, qip-qizil na’matak, egri-bugri tolu go‘shtidan ko‘ra danagi katta o‘rikkacha ko‘zimga ko‘rinib ketdi. Tavba, hatto sim-sim yog‘ayotgan yomg‘irning ham boshqacha — chuchmal suvini tuygandek bo‘ldim. Ajabki, qahramonim ham shu bog‘ga mos, ya’ni davomi…

Nasiba Rizayeva. Kim zo‘r (hajviya)

Kichikroq bir yig‘inda o‘tirgan uch-to‘rtta ulfat bahslashib qolishdi. — Xo‘sh, bu zamonda kim zo‘r? — dedi mo‘ylovini silab Shoqosim qassob.— Siz gerdaymay qo‘ya qoling, mo‘ylov, — dedi ovoziga g‘olibona tus berib Abdumannop shifokor. — Go‘shtning yarmini suyak qilib, o‘rab-chirmab beradigan davomi…

Abdul Hamid. Noyob xotin (hajviya)

Mabodo, haykaltaroshlardan tanishingiz yo‘qmi? Nima qilasiz deysizmi? Xotinimning haykalini yasataman! Ie, nega kulasiz? Nima, bizning malikai Dilorom bunga arzimaydimi? Topgan gapingizni qarang. Tirikligida haykal qo‘yish lozim bo‘lsa, bizning xo‘jayinga, yo‘g‘-e xotinga qo‘yish kerak! Nega hayron bo‘lasiz? Xotinimning jonimga qanchalar oro davomi…

Habib Siddiq. Jarima (hajviya)

Nusrat Barakayev kotibasi damlab qo‘ygan qaynoq choydan xo‘plab, xona burchagiga qo‘yilgan televizorda mashhur xonanda kuylayotgan qo‘shiq ohangiga tebranib, goh o‘zi ham qo‘shilib hirgoyi qilib o‘tirgandi.— Assalomu alaykum, Nusrat Barakayevich, — deya sochlarini ustarada qirdirgan, pastak bo‘yli, semiz gavdali bosh hisobchi davomi…

Damin Jumaqul. Gapingizga qo‘shilaman (hajviya)

Tungi diskotekaga o‘xshab to‘s-to‘polon, shovqin-suronga to‘la to‘y bazmida boshlovchining ko‘zidan panaroq joy topib o‘tirdim. Kelin-kuyovni qutlash uchun bazm ishtirokchilaridan biriga so‘z berildi. So‘zga chiqqan basavlat kishi «oldingi gaplarga qo‘shilaman», deb so‘z boshlagan edi, qarshimdagi yigit xandon otib kulib yubordi. Mening davomi…

Muhammad Ochil. Shahar ko‘rgan Shodiqul (hajviya)

Mulla Moyliboyning kenjasi Shodiqul shaharda yashaydi. O‘qitgan o‘qituvchilari: «Bu bola odam bo‘lmaydi, g‘irt chalasavod!» deyishardi. Yo‘q, binoyiday… Hafta-o‘n kunda, ayniqsa bayram, hayit kunlari «inomarka» mashinasini «bip-bip»latib kelib, qishloqdoshlarning ko‘zini o‘ynatib ketadi. «Nima ish qilasan shaharda?» deb so‘raganlarga ko‘krak kerib: «Biznes!» davomi…

Habib Siddiq. Nima bilan urdi (hajviya)

O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida viloyat partiya qo‘mitalari ikkiga: sanoat va qishloq xo‘jalik partiya qo‘mitalariga, bo‘lingan edi.Viloyatning nufuzli idorasiga boshini durra bilan bog‘lab olgan ayol kelibdi. Eshikbonlar undan kelishining maqsadini so‘rashipti.— Obko‘mga arzim bor, — depti ayol.— Qaysi obko‘mga?— Obko‘mga-da!— Hozir davomi…