Varvarlar kimlar?

«Varvar» nomi Qadimgi Yunonistonda kelib chiqqan. Yunonlar o‘zlari yaratgan barcha narsa, shu jumladan til ham eng yaxshisi deb ishonardilar. Shu bois yunon tilini bilmaydigan barcha yot kishilarni varvarlar, ya’ni g‘o‘ldirovchilar deb atashardi. Qadimgi rimliklar ham qadimgi yunonlardan shu nomni o‘zlashtirganlar. Eramizdan avvalgi 1 asrda Rim imperiyasining chegarasi bo‘lib qolgan mudofaa devori olinganda, undan tashqarida yashaydigan barcha xalqlarga varvarlar degan nom berilgan.

Bular, avvalo, german qabilalari, shuningdek, keltlar va slavyanlar edi. Ular keng hududlarda yashashar va dehqonchilik, chorvachilik, turli metallarni eritish bilan shug‘ullanishardi.

Bu qabilalar o‘z mehnati bilan yaratgan mahsulotlarni Rim imperiyasining chegaradosh shaharlariga olib kelishar, u yerda qullarga, zeb-ziynat buyumlariga, qurol-yaroqqa, sharob va ziravorlarga almashishardi.

Rimliklar varvarlarning jasurligini va qurol ishlatish mahoratini qadrlashardi. Ozod varvar erkaklar Rim armiyasiga kirishi mumkin edi. Ma’lum vaqt o‘tgach, rim jamoasida yaxshi ma’lumotli boy varvarlar ham yetishib chiqqanlar, ular hatto imperator saroyida muhim lavozimlarni ham egallaganlar.

Varvarlar o‘z davri madaniyatiga ham ta’sir ko‘rsatishgan. Ularning kiyim-kechaklari, soch turmaklashlari ko‘pincha keng tarqalib ketardi. Imperator Mark Avreliy Antoniy Karakalla nomi bilan tarixda qolgan. Uning varvarlar kiyimiga o‘chligi shunday laqab berilishiga sabab bo‘lgan (germanlar uzun plashchni karakalla deb atashardi).

Rim imperiyasi barham topgach, varvarlarning holi ne kechgan? Oddiy xalq yangi hukmdorlar hukmi ostida qolgan, Rim aslzodalari esa kechagina o‘zlari nafratlanib, varvarlar debu atagan kishilarga xizmat qila boshlashgan. Avvalgi varvarlarning antik shaharlarni nafrat bilan «tilla suvi yuritilgan maqbara» deb atagan farzandlari va nevaralari esa dabdabada qolishmaydigan poytaxtlar, qal’alar, saroylar qura boshlashgan. Varvarlar shu tariqa varvarlikdan chiqishgan.

O‘xshash maqolalar: