O‘rta asrlarda cherkov qanaqa bo‘lgan?

O‘rta asrlarda nasroniy missionerlar oxir-oqibatda Yevropaning eng olis chekkalarigacha yetib borishadi. Hamda yevropaliklarni nasroniylikka kiritish bo‘yicha bir necha yuz yillar davom etgan ishni poyoniga yetkazishadi. Zero, oddiy xalq nimaga e’tiqod qilganini aniq aytish qiyin. Aftidan, o‘sha zamonlarda hozirgiga qaraganda ko‘proq odamlar cherkovlarga muntazam qatnab, ibodat qilardilar. Cherkovlar qurilishiga va ularni bezashga pulni ham ayni shu qavmlar tuhfa sifatida berardi.

Biroq ba’zan ularning nasroniy e’tiqodlari eski majusiy tasavvurlar bilan aralashib ketardi, shu bois ular cherkov ta’limotini chalkash tushunishgandi.

O‘rta asrlarda cherkovning kuchi va ta’siri katta edi. Qirollar va gertsoglardan farqi shunda ediki, u o‘lmas edi, shu bois uni yemirish oson kechmasdi. G‘arbiy cherkovning rahbari papa edi. Rim yepiskopi ham uning uzi edi. (Sharqiy Yevropa nasroniylari Konstantinopolda qarorgohi bo‘lgan boshqa rahbarga buysundilar).

Papa jahonning barcha burchaklaridagi cherkovlarning qudratli xodimlaridan iborat butun bir armiyani boshqarardi. Siyosat va cherkov ishlari borasida ularning nuqtai nazarlari bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda u bilan mahalliy podsholar o‘rtasida janjal chiqardi. Angliyada qirol Genrix 1 arxiyepiskop Tomas Beketni, u papani ko‘p qo‘llab-quvvatlagani va qirolga deyarli bo‘ysunmagani uchun o‘ldirish to‘g‘risida farmon berdi.