Saranchalar hujumi nimadan boshlanadi?

Biz Injilda saranchalar odamlarga hujum qilgani va katta talofat yetkazgani haqidagi satrlarni o‘qishimiz mumkin. Tabiiyki, o‘sha vaqtlarda bu hol toshqin, qurg‘oqchilik va epidemiya kabi Xudoning jazosi hisoblangan.

Saranchalar hujumi boshqa davrlarda, boshqa mamlakatlarda ham yuz bergan. Qo‘shma Shtatlar g‘arbida 1874—1876 yillar orasida bo‘lgan ro‘y bergan ofat 200 million dollar zarar keltirgan!

«Sarancha» chigirtkalar oilasining ko‘p turlarga berilgan nomdir. Sarancha hasharotlar guruhining «Acrididae» oilasiga mansub. 17 yil umr ko‘radigan sarancha asl sarancha emas, u chirildoqdir.

Ko‘p olimlar nega bu hasharotlar ma’lum vaqtda va ma’lum bir joyda juda ko‘p to‘planishi va boshqa vaqtda yo‘qolib ketishi ustida bosh qotirmoqdalar.

Ma’lum bo‘lishicha, saranchalarning biz so‘z yuritayotgan turlari bunday «hujumlarni» ikki davr (faza)da qilishar ekan. Bir davrda ular yolg‘iz, boshqasida esa g‘uj bo‘lib yashashadi. Bu davr oralig‘ida ular mutlaqo boshqacha hasharotlardir. Ular rangi, shakli, tuzilishi va fe’l-atvorini o‘zgartirib turadi.

Yolg‘iz yashash davrida chigirtkalar g‘uj bo‘lgisi kelmaydi va o‘zini lohas sezadilar. Hasharotlarning tusi atrof muhitdan nuqs oladi. G‘ujlashgan davrida esa qora yoki sariq rangli bo‘lib, o‘zini faol va bezovta tutadi, bu ham yetmaganday harorati ko‘tariladi. Boshqa farqlari ham bor. Saranchalarning mo‘tadil davri — yolg‘iz yashayotgan davridir.

Sarancha biron joyga ko‘chishga majburlik sezayotgan bo‘lsa, ular yolg‘izlik davrida g‘uj-g‘uj nasl qoldiradi.

Ular harakatchan va serjahldirlar; ular ko‘chib yuradi, boshqalari bilan birlashadi, g‘uj-g‘uj, millionlab hasharotlar galasi qandaydir yerni xonavayron qilishga shay bo‘ladi.