Nima uchun pulning qadri oltin bilan o‘lchanadi?

Biz pul deb hisoblaydigan, metall tangalar yoki serhasham qog‘ozlar aslida shunchaki ramzlar xolos. Biroq mana shu ramzlar muayyan boylikning vakillaridir yoki dalillaridir. Pullar ularni chiqargan davlat xazinasida mavjud qimmatbaho metallar miqdori bilan tasdiqlanadi. Pul qadrini belgilashda tsivilizatsiyaga erishgan butun dunyoda me’yor bo‘lib oltin va kumush xizmat qiladi. Bu qimmatli metallar ancha noyob va o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, biroq ularning zahirasi bozor ehtiyojlarini qondirishga yetadi.

Boshqacha qilib aytganda, qog‘oz pul va tangalar pul sifatida davlat tomonidan chiqarilar ekan, ular o‘z qadrlariga egaligi tan olinadi, chunki ular davlat xazinasidagi oltin va kumush miqdori bilan mustahkamlangan.

1821 yilda Buyuk Britaniya o‘z pul tizimining asosi sifatida monometalizm (ya’ni faqat bir xil metalldan foydalanish)ni joriy qildi. Oltin rasmiy valyuta sifatida qabul qilingan edi. 191 yilga kelib oltin yer yuzidagi barcha valyutalarning o‘lchov birligi bo‘lib qoldi. Narxning standart me’yoriga ega bo‘lgan mamlakatlar endi bemalol bir-birlari bilan savdo sotiq qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining dollari, Frantsiyaning franki, nemis markalari oltinda ifodalangan belgilangan qiymatga ega edi.

1933 yilga kelib aksariyat mamlakatlar oltin standartidan biroz chekinadilar. Biroq hali hanuzgacha ko‘plab mamlakatlar valyutasi, shu jumladan AQSh valyutasi ham belgilangan oltin bahosida me’yorlangan. Oltin xalqaro savdoda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat quyma oltinlarni sotib oladi va sotadi. Oltinning bir qismi xalqaro qarzlarni to‘lash uchun sarflanadi, qolgan qismi esa saqlanadi. Saqlanadigan oltinga davlatning oltin zahirasi deyiladi.

O‘xshash maqolalar: