Iqtisodiy tushkunlik nima degani?

Iqtisodiyotning izdan chiqishi yoki buhroni nima? Bu avvalo biror bir davlatning iqtisodiy ahvoli chatoq bo‘lgan tarixiy davridir. Bu ahvol aholining barcha qatlamlariga, bankirdan to laborantgacha yoki ombor mudirigacha bir xilda ta’sir ko‘rsatadi. Ishchilar fabrikadagi o‘z ish o‘rinlarini yo‘qotadilar. Oqibat savdo-sotiq hajmlari tushib ketadi. Savdo do‘konlari kam mahsulot olib kam pul topshiradilar. Bu esa banklarga katta zarar keltiradi. Oqibatda butun iqtisodiyot aziyat chekadi. Bu izdan chiqish. Agar xuddi shularning hammasi iz bersa-yu, biroq ko‘rilgan zarar miqdori ancha ko‘p bo‘lsa unda iqtisodiy tushkunlik yuz berdi deb hisoblash mumkin.

Keyingi 150 yil orasida bir necha bor turli-tuman iqtisodiy tushkunliklarni va yuksalishlarni boshidan kechirganligini barcha kishilar bugungi kunda tan olib e’tirof etmoqdalar. Ha, hamma narsa bir xil maromda davom etadi: ko‘tarilishdan keyin tushish, tushishdan keyin esa yana ko‘tarilish va hokazo… Chetdan qaraganda hamma ishlar yaxshi ketayotgandek, biznes gullab yashnayapti, odamlar shod-xandon. Biroq shunday paytda, allaqaysi joyda bir ish noto‘g‘ri bajariladi-yu, birgina xato oqibatida yana tushkunlikka yuz tutiladi. Oradan biror muddat o‘tib ishlar yana o‘nglanadi va bu sikl qaytadan takrorlanadi.

Hech kim iqtisodiy tushkunlik va iqtisodiy izdan chiqishning asl sabablarini aniq aytib bera olmaydi. Bu holning barcha iqtisodchilar tomonidan bir xilda tan olib e’tirof etiluvchi izohi va sharhi mavjud emas. Har qanday davlat ham, biznesmen ham boshiga iqtisodiy tushkunlik yoki izdan chiqish balosi yog‘ib turganda uning changalidan chiqishga harakat qiladi, muayyan tadbirlarni, choralarni ko‘radi, biroq hamma holatlar uchun ham bir xildagi muvaffaqiyatli yo‘lni ko‘rsatib berish mushkul.