Inflyatsiya nima degani?

Birinchi galda inflyatsiya — bu narx-navoning oshishidir. Mamlakatdagi hamma odam, jumladan savdogar ham hukumat a’zosi ham birinchi navbatda xaridordir. Ular oladigan narsalar tovarlar yoki xizmat turlari bo‘lishi mumkin. Inflyatsiya davrida kishilar pullarini tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtga qaraganda ancha tezroq xarjlab qo‘yadilar. Bu shunday davrki ko‘p miqdordagi pulga kam miqdordagi mol yoki mahsulot olishga to‘g‘ri keladi. Inflyatsiya davrida pulning qadri nihoyatda tushib ketadi.

Agar siz inflyatsiya yuz berishining sabablarini bilsangiz ham uning oldini ololmaysiz. Ba’zan inflyatsiyaga aybdor ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ygan hukumatdir deb hisoblashadi. Ba’zan esa bu borada biznesmenlarni va kasaba uyushmalarini ayblashadi. Hatto ba’zan oilalarni ham ehtiyojlarini haddan oshirib yuborganlikda ayblashadi. Ko‘p hollarda inflyatsiyaning kelib chiqishiga urushlar sabab bo‘ladi.

Inflyatsiya paytida narxlarning oshib borishi natijasida pulga oladigan narsalar soni kamayib boradi. Bunday paytlarda kishilar pulning qadri tushmasidan avval, narxlar yana ko‘tarilib ketmasidan ilgariroq biror narsani xarid qilishga shoshib qolishadi. Biznesmenlar esa ularning mahsulotlariga ehtiyoj oshib ketdi deb o‘ylay boshlaydilar. Shuning uchun ular o‘z pullarini yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishga, jihozlar sotib olishga, fabrikalar ochishga sarflaydilar.

Bu esa qo‘shimcha ishchi kuchini talab qiladi. Odamlar katta-katta pul topishadi, biroq bu pullarni bir lahzadayoq xarjlab qo‘yishadi. Biznesmenlar, o‘zlarining mollari yaxshi sotilayotganligini ko‘rib, o‘z ishlarini kengaytirish uchun pul qarz oladilar.

Inflyatsiyadan eng ko‘p zarar ko‘radiganlar — bular kreditorlar (ya’ni birovlarga qarz beruvchilar) pensionerlar va qat’iy maosh bilan ishlaydiganlardir.

Inflyatsiyaning oldini olish uchun hukumat birinchi galda uning sabablarini aniqlashi lozim. Agar bu ish qilinmasa, bu muammoni nazorat qilish ham mumkin bo‘lmaydi va oqibatda muammo hal etilmay qolaveradi.