Ilonbaliqlar nima?

Ilonbaliq boshqa baliqlar kabi umurtqali bulib, suvda yashaydi va oyqulog‘i bilan nafas oladi. Ular sovuq qonli, demak, ularning tana harorati atrof muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.

Ilonbaliqlar, asosan dengizlarda yashaydi. Ayrim turlari hayotining ko‘p qismini chuchuk suvlarda, qolgan qismini sho‘r suvlarda o‘tkazadi. Ilonbaliqlar uvuldirig‘ini faqat sho‘r suvlarda sochadi.

Shimoliy Amerika ilonbaliqlari chuchuk suvda yashaydi. Ular Atlantikadan to Missisipigacha, kullarda, daryoyu ariqlarda hayot kechiradi. Dengiz ilonbaliqlari, murenlar faqat sho‘r suvda yashaydi, ularni Janubiy Kaliforniyaning tog‘li sohillari, Meksika qo‘ltig‘i va Atlantikaning AQShga tutash yerlarida uchratish mumkin.

Ilonbaliqlar har xil ovqatlanadi, ularning ratsioni o‘lik baliqlar va mayda tirik organizmlarni o‘z ichiga olgan. Ba’zan ilonbaliq bolalarini dengiz sayozliklarida kechqurunlari ham uchratish mumkin. Bezovtalikni sezgani hamon ular hum ichiga bekinib oladilar.

Ilonbaliqlarning terisi tekis, silliq bo‘ladi. Chuchuk suvda yashaydigan ilonbaliqlarning ayrim turlarida tangachalar mavjud.

Chuchuk suvli ilonbaliqlar chuchuk suvda yashashiga qaramay, uvuldiriq sochish uchun uzoq masofa bosib, dengizga ko‘chadilar. Ilonbaliq chuchuk suvdan okean va dengizlarga uvuldiriq sochgani sayohat qiladi va yana chuchuk suvga qaytib keladi. Biologlarning tasdiqlashicha, tanasining shilimshiq pardasi ularni shikastlanishdan saqlaydi.

Chuchuk suvli ilonbaliqlar, murenlar va boshqa turlari jarohatlangani bilan ajoyib tarzda sog‘ayib ketishga qobildirlar. Agar ular olgan jarohatni boshqa baliqlar olsa, shubhasiz, o‘ladi. Ularning qon tarkibidagi moddalar kasallik tarqatuvchi bakteriyalar kirishiga to‘sqinlik qiladi.

O‘xshash maqolalar: