Ilonlarning bir turi gadyuka deb nomlanadi. U Yer yuzidagi bir qancha zaharli ilonlardan iborat bo‘lgan vipera (gadyukasimon ilonlar) oilasiga mansubdir. Ilonlarning bu guruhiga shaqildoq ilonlar, mokasinli suvilonlar, yapaloqboshlar, Janubiy Amerika bushmeysterlari, Yevropa oddiy gadyukasi va muguzli Afrika gadyukasi kiradi.
Kleopatrani o‘ldirgan ilon muguzli Afrika gadyukasi bo‘lsa ajab emas. Bu sira ilonlarning zahri qon tomirlarni yemiradi va qurbon qon quyilishidan vafot etadi.
Gadyukalarning hammasining tanasi yo‘g‘on va boshi uchburchaktob bo‘ladi. Tepa jag‘ida o‘rnashgan zaharli tishlari juda uzun. Bu tishlar orasida yoriq bo‘lib, u ko‘z orti bo‘shlig‘idagi zaharli bezlar bilan ulangan.
Tishlayotgan payti ilon chaynash mushaklarini qisqartiradi va zahar tishlari orqali ochiq jarohatga tizillab otilib kiradi. O‘rtacha kattalikdagi ilon bir martaning o‘zida qurboni tanasiga taxminan yarim choy qoshiq zahar yuboradi.
Bunday ilonlarning tishini sug‘urib tashlash befoyda, chunki ularning o‘rnida yangilari o‘sib chiqadi!
Gadyuka ilonlar ikki oilaga bo‘linadi: faqat Yevropada va Afrikaning ba’zi joylarida uchraydigan haqiqiy gadyukalar va tuzilishining ko‘p tomonlari bilan gadyuka ilonlarga o‘xshab ketadigan, G‘arbiy yarim shar va Osiyoning qaysidir burchaklarida yashaydigan chuqurchaboshli ilonlardir.
Eng zaharli gadyuka Hindistonda yashaydi, uning buyi 1,5 metrga yetadi. Umuman, gadyukalar faqat ularning erkin ov qilishiga xalaqit berilganda va bezovta etilgandagina odamga hujum qiladi. Yaxshisi ulardan uzoqroq bo‘lgan maqbul!