Dengizu okeanlarni o‘rab turgan sohillar ikki muhit: suv sathi va yer o‘rtasidagi chegaralardir. To‘lqinlar ustma-ust qirg‘oqqa urilaverib, toshu qum uyumlarini o‘zi bilan birga olib ketadi. Boshqa joylarda, aksincha, to‘lqinlar va suv ko‘tarilishlari qirgoqqa tosh va qumlarni olib kelib tashlaydi. Shunday qilib, tek turmas to‘lqinlar kun sayin yer tarhini o‘zgartiradilar. Bunda ularga shamol hamda suvning muntazam bostirib kelishi va orqaga qaytishlari yordam beradi.
Dengiz sohillarining bir necha turi mavjud. Ular tog‘ jinslaridan, qumlardan, shag‘allardan yoki ularning aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir mintaqada yerning o‘z shakllanish sabablari bor.
Sohil ko‘plab hayvonlar uchun uy vazifasini o‘taydi. Qoyatosh sohillarda likopcheshar, sohil shilliqqurtlari, qisqichbaqa, dengiz anemonlari va bulutlarni uchratish mumkin. Bu hayvonlarning barchasi qoyalar sirtiga yopishib olish va suvda suzib yuruvchi ovqatlar bilan oziqlanish layoqatiga ega.
Boshqa hayvonlar, masalan, mollyuskalar, dengiz qalamchalari va dengiz qisqichbaqalari qumloq va serbalchiq sohillarni xush ko‘radi. Suv orqaga qaytganda bu jonivorlar qurib qolmaslik maqsadida nam hum ichiga kirib oladilar. Shunisi qiziqki, sohilda yashovchi ko‘plab o‘simlik va hayvonlar ham suvda, ham yerda yashashga qobildirlar. Suv ko‘tarilgan payti ular suv ichida bo‘lsa, pasaygan payti quruqlikda qoladilar.
Ularning aksariyati dengiz suv o‘tlaridir. Ammo ayrim o‘simliklar doimiy ho‘l, sho‘rxok yerlarda yashab qoldilar. Ular orasida, masalan, sukkelentlar faqat tuproq zichligini oshirishga xizmat qiladi va ular etli barglarda yig‘iladigan yomg‘ir suvlari bilan kifoyalanadilar.
Dengiz sohillarida haddan ziyod ko‘p qushlar yashaydi. Ularning ayrimlarining tumshug‘i uzun, bu ularning loy orasidan chuvalchang va hasharotlarni tutib olishiga juda ho‘l keladi. Boshqalari dengizdan baliq tutib yeydi. Ular o‘z uyalarini qoyalarga yoki to‘g‘ri sohilga qo‘yadi.
Sohil bo‘ylarida yashovchi tirik organizmlar bir-biriga chambarchas bog‘langanidan yaxlit biologik kompleksni shakllantirgan.