Birinchi va ikkinchi jahon urushlari qachon boshlangan?

XX asrning boshlariga kelib jahonning katta-katta hududlari asosan Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya va Niderlandlar hukmronligi ostida edi: ularning mustamlakachilikka asoslangan imperiyalari o‘tgan asrdayoq qad rostlagan edi. Germaniya va Italiya esa 19 asrning ikkinchi yarmidagina yagona davlatga aylangani uchun ularning mustamlakalari hali unchalik ko‘p emasdi. Shuning uchun ularning jahon siyosatiga ko‘rsatadigan ta’siri ham aytarli emasdi.

Germaniyaning Avstro-Vengriya imperiyasi bilan tuzgan ittifoqi unga g‘arbda qo‘shni bo‘lgan Frantsiya va Belgiyaga, sharqqa esa Rossiyaga katta xavf tug‘dirardi. Hammaga shu paytgacha Yevropadagi tartiblarning buzilishi yaqin orada yuz berishi ayon bo‘lib qoldi. 1914 yilda avj olib ketgan urush, yashin tezligida butun Usmoniy turklari imperiyasini qamrab oldi.

Birinchi jahon urushini «Barcha urushlarga chek qo‘ygan urush» deb nomladilar. Biroq 1939 yilda yana harbiy alanga lovullab ketdi. Bu davrga kelib Germaniyada, Italiyada va Ispaniyada diktatorlik tuzumi o‘rnatilgan edi. Yevropadagi diktaturalarga Buyuk Britaniyaning va AQShning Uzoq Sharqdagi mavqeini barbod qilishga intilayotgan Yaponiya ham ittifoqchi bo‘lib qo‘shildi.