Muhammadali Ajamiy

QAYTISh

Kelayapman
Asotirlar jangalidan
Yashil va bahaybat bir daraxt misol.
Yaproqlarim g‘arib qushlar qo‘shig‘in  kuylar.
Haq zikrini ildizlarimla
Singdiraman tuproq bag‘riga.
Iltimos, boltalarni uloqtiringda-
Ishq darsiga marhamat qiling!

AYoL

Surat…
Ayol qiyofasida
Husnning nihoyasi yo‘q…
Magar, uning qo‘llari…
To mehribon ekan bu qo‘llar
Ayol mangu yoshdir!

YaPROQQA TA’ZIYa

So‘zlarim miqdori shunchalik-
Bir daraxt o‘limi uchun
Yaproqqa ta’ziya yozaman…

SARGARDON

Kecha
Ko‘zlaringning tubida
Ne bo‘lsa meniki edi.
Bugun,
Qo‘llaringning shahrida
Sargardonman!

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi