Edvard Kammings (1894-1962)

Edvard Estlin Kammings (Edward Estlin Cummings; 14 oktyabr 1894, Kembrij, Massachusets — 3 sentyabr 1962, Nort-Konvey, Nyu-Gempshir) — amerikalik yozuvchi, rassom, shoir va dramaturg.

* * *

to‘lin oy tun to‘lin oy
shahar tepasida dovushsiz
hosil qilar shivirlamoq
harakatini osmon yoqalab

kimdir viqorli kimdir
dengiz yulduzi
suzib yurar shunchalik yolg‘iz
shirin xayolga cho‘mib

kim o‘zi bu osmonda suzayotgan
bu atigi
faqat oy yorug‘lik sochayotgan
jon

Ikrom Otamurod tarjimasi