Ernest Xeminguyey. Alvido, qurol (roman)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Amerikalik yozuvchi. 1917 yildan Kanzas-Sitida jurnalist-reportyor sifatida ish boshlagan. 1-jahon urushi qatnashchisi (1914-18). Xeminguyey 1928 yilgacha Parijda, 1939-60 yillarda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — «Bizning zamonda» (1924). «Quyosh chiqadi» (1926, inglizcha nashrlarda «Fiyesta» nomi bilan chop etilgan),«Alvido, qurol!» (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.1930-yillarning 1-yarmida Xeminguyey ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yo‘lini qayta mulohaza qilib ko‘rishga, o‘z ijodining muayyan yo‘nalishlarini aniqlashga intiladi. Natijada «Peshindan keyingi o‘lim» (1932), «Afrikaning yashil tepaliklari» (1935), «G‘olibga bayroq berilmaydi» (1933) hikoyalar to‘plami dunyo yuzini ko‘radi. «Ho‘kizning shoxi», «Frensis Makomberning baxti», «Kilimanjaro qorlari» (1936) hikoyalari, «To‘qchilik va yo‘qchilik» (1937) romanida Xeminguyey ijodiy yuksalishi ko‘zga tashlanadi. Xeminguyey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv o‘rnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga e’tibor qaratadi. Inson huquqlari yo‘lida, ozodlik kurashida yolg‘iz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.Xeminguyey 1931—39 -yillari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Shu yillarda uning bir necha ocherk va reportajlari, «Motam qo‘ng‘irog‘i» (1940) romani chop etiladi. Bu asarlardagi qahramonlar xalq ozodligi yo‘lida fashizmga qarshi kurashadilar, insoniyat taqdiri uchun o‘zlarining mas’ul ekanliklarini qalban his etadilar, kishilar bilan birga iztirobga tushadilar, xavf-xatardan qutulish choralarini izlaydilar.2-jahon urushidan keyin Xeminguyey ijodida yangi davr boshlangan. Biroq bu davrda yuzaga kelgan «Xavfli yoz» va «Okeandagi orollar» romanlari avvalgilariga qaraganda badiiy jihatdan ancha bo‘sh asarlar sanaladi. Lekin ma’lum muddat o‘tib, Xeminguyey insonning ruhiy holatini tadqiq etish bilan jamiyatdagi mavjud vaziyatni ochib berishga qodir asarlarni yaratdi. Badiiy jihatdan ancha yuksak bo‘lgan «Daryoning naryog‘ida, daraxtlar soyasida» (1950) romani, «Chol va dengiz» (1952) qissasi Xeminguyeyga katta shuhrat keltirdi. Xeminguyey 20-asrda o‘zigagina xos bo‘lgan qatiy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qit’asidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga teztez murojaat qiladigan bo‘lishdi.«Chol va dengiz», «Alvido, qurol!» va boshqa asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1954)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
O‘rinda yotarkanmiz, u derazani yopish uchun xonaga kirdi, ko‘zimga kasaldek ko‘rindi. Yuzlari bo‘zday oppoq, og‘riqning zo‘rligidan bazo‘r harakat qilar, qaltirardi. — Nima bo‘ldi, toychoq? — Boshim og‘riyapti. — Borib yot. — Yo‘q. Tuzukman. — Joyingga borib yot. Hozir kiyinib, oldingga davomi…
ERNEST XEMINGUEY VA MAESTROyoxud bashariy kasblarning eng mushkuli borasida suhbatlar Minneapolis universiteti jurnalistika fakulteti bitiruvchisi, yigirma ikki yoshli Arnold Samuelson mashhur adib Xeminguey bilan uchrashish istagiga tushadi. U olis Michigan shtatidan yo‘lga chiqib, Floridagacha bo‘lgan salkam ikki ming chaqirimli masofani davomi…
1-tarjima KO‘PRIKDAGI ChOL Gardishli ko‘zoynak taqqan, juldur kiyingan chol yo‘l chetida o‘tirardi. Daryoga qurilgan ponton ko‘prikdan esa aravalar, yuk ulovlari, erkagu ayol, bola-baqra o‘tib turardi. Xachirga qo‘shilgan aravalar askarlar nazoratida ko‘prikdan sohilga chiqarib qo‘yilar, vakillarga topshirilardi. Goho dehqonlar, to‘piqlarigacha changga davomi…