Tog‘ay Murod tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, “Yulduzlar mangu yonadi” deb nomlangan tadbirda adib shaxsi va adabiy merosi xususida so‘z yuritildi.

Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboyeva mazkur ma’rifat maskanida kitobxonlar tomonidan o‘qiladigan asarlar muttasil o‘rganib borilishi, o‘tgan yillar davomida Tog‘ay Murod asarlari yoshlar tomonidan eng ko‘p o‘qilgan deb topilganini ta’kidladi.

Tadbir qatnashchilari adib ijodining o‘ziga xos jihatlariga to‘xtaldilar.

Tog‘ay Murod (1948–2003) “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo Yer qo‘shig‘i”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” kabi qissa va romanlari bilan adabiyotdan mustahkam o‘rin egalladi.

Mavzuga doir:

Tog‘ay Murodning barcha kitoblari (1985-2012)