Ilhom Aliyev: “Dunyo ozarbayjonlari tarixiy vatanidan uzilmasligi kerak”

Joriy yil 3-4 iyun kunlari Bokuda dunyo ozarbayjonlarining IV mashvarati bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, anjumanda prezident Ilhom Aliyev qatnashib ma’ruza so‘zladi. I.Aliyev dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan ozarbayjon millatiga mansub insonlar tarixiy vatanidan uzilmasligi lozimligini ta’kidladi. davomi…

O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov uzoq xastalikdan so‘ng 2016 yil 30 may kuni kechga yaqin vafot etdi. Erkin Vohidovning oila a’zolari, yaqinlariga va muxlislariga hamdardlik bildiramiz. Marhumning janoza marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston xalq shoiri (1987), O‘zbekiston Qahramoni davomi…

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning «Tafsiri hilol» kitobi qayta nashr etildi

Toshkent shahridagi «Hilolnashr» nashriyot uyida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh qalamiga mansub olti jildlik «Tafsiri Hilol»ning ikkinchi nashri chop etilganligi munosabati bilan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. «Tafsiri Hilol» — butun olamga mudarris bo‘lgan buyuk ulamolar yurti — Movarounnahr diyorida davomi…

Abdurauf Fitrat kitobi Turkiyada chop etildi

Abdurauf Fitrat tomonidan 1927 yili O‘zbekiston davlat nashriyoti tomonidan nashr etilgan “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” (Özbek Klasik Müziği ve Tarihi) kitobi Turkiyaning “Gece kitapliği” nashriyot uyi tomonidan turk tilida chop etildi. Uni zamonaviy turk tiliga Husayn Oqbosh tarjima davomi…

Elchi: O‘zbekiston va Ozarbayjon aloqalarini strategik hamkorlik deb baholash mumkin

Ozarbayjon hamda O‘zbekiston hamkorligi izchil rivojlanmoqda va mazkur robitani strategik hamkorlik deya baholash mumkin. Mazkur fikr Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Quliyev tomonidan Respublika kuni munosabati bilan Toshkentda uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida bildirildi.   Tantanali qabul marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, davomi…