Sun Litsze: “Xitoy – O‘zbekistonning sarmoya bo‘yicha birinchi, savdo bo‘yicha to‘rtinchi hamkori”

Xitoy sarmoya borasida O‘zbekistonning birinchi raqamli hamkori sanaladi. Xitoy tomoni kiritgan sarmoyaning umumiy miqdori 7,6 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.  Mazkur fikr Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze tomonidan Toshkentda 22 aprel kuni o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy davomi…

XXVI Respublika qorilar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidida o‘tkazilgan “26-qorilar ko‘rik tanlovi”ning Respublika bosqichida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi barcha diniy ta’lim muassasalari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti talabalari ishtirok etishdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, rais o‘rinbosari Shayx davomi…

TIKA rahbari Serdar Cham O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashdi

7 aprel kuni Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari Serdar Cham Toshkentda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov bilan uchrashdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning rivojida TIKAning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi. Qayd etilishicha, agentlik ko‘magida keyingi davomi…

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti tanloviga marhamat!

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin davomi…

O‘zbek yozuvchisining kitobi Turkiyada chop etildi

Turkiyadagi “Ferfir” nashriyoti o‘zbek yozuvchisi Nurulloh Muhammad Raufxonning “Kuytudaki kulübe” (“Etakdagi kulba”) kitobini chop etdi. Sharaf Yilmaz muharrirlik qilgan ushbu kitobga muallifning 11 (o‘n bir) hikoyasi kiritilgan. Istanbulda o‘tkaziladigan an’anaviy CNR kitob ko‘rgazmasida 2016 yil 12 mart kuni “Kuytudaki kulübe” davomi…

Turkiya jaz san’ati vakillari Toshkentda kontsert beradi

Turkiya jaz san’ati vakillari O‘zbekistonda kontsert beradi. Mazkur ijodiy safar O‘zbekistonda joriy yil aprelda YuNESKO shafeligida o‘tkazilayotgan xalqaro jaz festivali doirasida tashkil etilmoqda. Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va sayyohlik bo‘limi xabariga ko‘ra, jaz festivaliga besh nafar turk can’atkori kelishi kutilmoqda. “Ahmet davomi…