“Barcha choralar fuqarolarning hayotini yaxshilashga qaratilgan” – Qozog‘iston senati raisi bayonot bilan chiqdi

Qozog‘iston Parlamenti senati raisi Maulen Ashimbayev o‘z hamkasblarini yangi Qozog‘iston g‘oyasini amalga oshirishda faol ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi deb xabar beradi.

“Davlat rahbari mamlakat siyosiy tizimini yanada demokratlashtirish zarurligini ta’kidladi. Umuman olganda, Prezidentimiz tomonidan taklif etilayotgan chora-tadbirlar tizimli. Ular davlat boshqaruvi tizimini, iqtisodiyot tuzilmasini, ijtimoiy sohani har tomonlama o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Shuningdek, u fuqarolarimizning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Shunday qilib, mamlakatimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu butun davlat boshqaruvi tizimini meritokratiya, adolat va oshkoralik tamoyillari asosida qayta tashkil etish davridir”, – dedi u.

Unga ko‘ra, cenat davlat rahbarining barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, ularning qonunchilik jihatdan ta’minlash bo‘yicha zarur ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi zarur.

“Hurmatli deputatlar! Oldimizda katta vazifalar turibdi. Endi xalq bizdan haqiqiy ish, natija kutmoqda. Shunday ekan, yurt ishonchini, umidini oqlash uchun astoydil harakat qilaylik. Keling, barchamiz shu yo‘lda faol bo‘laylik va Prezident ta’kidlaganidek, Yangi Qozog‘istonni birgalikda barpo etaylik”, – dedi M.Ashimbayev qonunchilik idorasi majlisida.

Avval xabar berganimizdek, 11 yanvar Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxon Satibaldi mamlakatda so‘nggi kunlarda ro‘y bergan fojiali hodisalar yuzasidan brifing o‘tkazib, dolzarb masalalarga oydinlik kiritgandi.