Somerset Moem. Meybl xonim (hikoya)

Sharq mamlakatlari bo‘ylab qilgan sayohatlarim asnosida bir gal Birmada ham bo‘lgandim. O‘shanda men Mandalay tomonga suzib ketayotgan ulkan kemaga chiqib, kema kechqurun qaysidir bir mo‘jazgina qishloq yaqinida tunni o‘tkazish uchun langar tashlaganida, beixtiyor, ana shu qishloqchada biror fursat qolishni istab davomi…

Somerset Moem. Omadi chopgan musavvir (hikoya)

Charli Bartl o‘z turmush tarzida gohida ro‘y berib turadigan og‘ir vaziyatlardan  ham  yengilgina, ularni yuragiga yaqin olmasdan chiqib keta olardi. Zero, Parijning musaffo osmoni lojuvard tusga kirib, sarin shabadalarning ifori yangi musallas hidini eslatadigan kunlarda Charlining Ryu Bred ko‘chasidagi boloxonali davomi…

Gerrit Kauvenar (1923-2014)

Gerrit Kauvenar (Gerrit Kouwenaar) shoir sifatidagina emas, adib va Bertold Brext dramalarining tarjimoni sifatida ham tanilgan. 1941 yilda “Bahor tongi” nomli she’riy to‘plami bilan adabiyotga kirib keldi. 1940-50 yillarda niderland she’riyatida “eksperimentalistlar” deb atalgan oqim asoschisi bo‘lib nom qozondi. Uning davomi…

Yan Hendrik Leopold (1865-1925)

Yan Hendrik Leopold (Jan Hendrik Leopold) – Niderland she’riyatida simvolizmning yetakchi namoyandasi hisoblanadi. U she’riy shakllar sohasida tinimsiz tajribalar qildi, niderland she’riyatiga birinchi bo‘lib antik she’r uslublarni va sharqona mavzularni olib kirdi. Leopold ijodi XX asr birinchi choragida niderland shoirlarining davomi…

Herman Gorter (1864-1927)

Herman Gorter (Herman Gorter) – shoir, munaqqid, siyosiy arbob. Amsterdam universitetida filologiya yo‘nalishida tahsil olgan. Bir muddat o‘qituvchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan; 1895 yildan e’tiboran siyosiy arbob sifatida faoliyat yuritgan.1907 yilda so‘l qanot sotsial-demokratlarning “Tribuna” gazetasiga asos solgan.1909 yildan esa Niderlandiya davomi…

Villem Klos (1859-1938)

Villem Klos (Willem Johannes Theodorus Kloos) – niderland shoiri, nosir, adabiy tanqidchi. Amsterdam universitetida filologiya bo‘yicha tahsil olgan.“Yangi yetakchi” jurnali (1885) asoschilaridan biri. XIX asrning 80-yillari so‘ngida Klos niderland adabiyotining yetakchi shoiri sifatida tan olingan. Klos ko‘p jihatdan Shelli va davomi…

Dilan Tomas (1914-1953)

Dilan Tomas (Dylan Marlais Thomas) – “O‘n sakkiz she’r” (1934), “Yigirma besh she’r” (1936), “Sevgi xaritasi” (1939), “O‘lim va najot” (1946) singari to‘plamlar muallifi. “Musavvir portreti” (1940) avtobiografik qissasi, “Sut o‘rmoni” pesasi, novellalari bor. D.Tomasning lirik-falsafiy she’rlarida inson va tabiat davomi…

Peteris Zirnitis (1944-2001)

Peteris Zirnitis (Pēteris Zirnītis) – latviyalik shoir. Sankt-Peterburg universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning “Ming qo‘ng‘iroq uyqusi”, “Sentyabr lirikasi”, “Do‘stim haqida kitob”, “Bo‘sag‘adagi guvoh”, “Ob-havo ma’lumotlari”, “Ko‘rganlarim” kabi to‘plamlariga jo bo‘lgan she’rlari Yevropaning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. TOKI IShQ BOR EKAN davomi…

Jon Kits (1795-1821)

Jon Kits (John Keats) ingliz romantizmi oqimining so‘nggi vakillaridan biri. 1795 yil 31 oktyabrda tug‘ilgan. London universitetida jarrohlik bo‘yicha tahsil olib, imtihondan ham muvaffaqiyatli o‘tadi, ammo bu kasb bilan umuman shug‘ullanmaydi. 1817 yili e’lon qilingan “She’rlar” to‘plamida ijtimoiy hayotdagi riyokorliklar davomi…