Xalil Rizo (1932-1994)

Xalil Rizo Uluturk (Xəlil Rza Ulutürk) Ozarboyjon xalq shoiri, atoqli millatparvar shoir, mohir tarjimon, Ozarboyjon-o‘zbsk adabiy aloqalariga ulkan hissa qo‘shgan olim. Salyan tumanida tug‘ilgan, o‘rta maktabni, so‘ngra Boku Davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan (1954). Matbuotda ishlagan, Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti davomi…

Samad Vurg‘un (1906-1956)

Samad Vurg‘un (taxallusi; asl ism-sharifi Samad Yusuf o‘g‘li Vekilov – Səməd Vurğun) (1906.12.5, Yuxari Salaxli qishlog‘i — 1956.27.5, Boku) — ozarbayjon shoiri, dramaturg va jamoat arbobi. Ozarbayjon xalq shoiri (1955), Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1943). Ozarbayjon Fanlar akademiyasi akademigi. davomi…

Rustam Behrudiy (1957)

Almammadov Rustam Hidoyat o‘g‘li (Rüstəm Behrudi) 1957 yilda O‘rdubod tumanining Behrud qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yilda Naxchivon davlat pedagogika institutining tarix-adabiyot fakultetini tamomlagan. Oldin maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyin “Yozuvchi” nashriyotida kichik muharrir, muharrir bo‘lgan, 1990 yildan “Ozarboyjon” gazetasida bo‘lim mudiri. davomi…

Ramiz Ravshan (1946)

Ravshan Ramiz Mammadali o‘g‘li (Ramiz Rövşən) 1946 yil 15 dekabrda Boku shahrida tug‘ilgan. 1969 yilda Ozarboyjon Davlat universitetini, 1978 yilda Moskva Oliy stsenariy kurslarini tamomladi. “Ozarboyjonfilm” kinostudiyasida, “Mo‘zalan” satirik kinojurnalida muharrir, kinostudiya Bosh muharriri bo‘lib ishlagan. 1992 yildan Ozarboyjon Tarjima davomi…

Mikoyil Mushfiq (1908-1939)

Asli ismi Mirzo Abdul qodir o‘g‘li Ismoilzoda bo‘lgan Mushfiq (Mikayıl Müşfiq) Boku shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Otasi she’rlar yozgan. Mushfiq bir yarim oyligida onasidan, olti yasharligida otasidan yetim qoladi. Hayot mashaqqatlarini kichikligidan tortadi. Buvisi Qizhayit bibidan ertak, qo‘shiq va bayotlar davomi…

Shoh Ismoil Xatoiy (1486-1524)

Ozarbayjon mumtoz adabiyotning atoqli namoyandalari orasida Shoh Ismoil Xatoiyning (Şah İsmayıl Xətai) munosib o‘rni bor. Ozarbayjon safaviylar davlatining bunyodkori sifatida shuhrat qozongan Shoh Ismoilning siyosiy faoliyati, madaniyatni ravnaq topdirish sohasidagi xizmatlari uning badiiy ijodi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shoh Ismoil 1486 davomi…

Muhammad Fuzuliy (1498-1556)

Muhammad Sulaymon  Fuzuliy (Məhəmməd Füzuli) (1498 Karbalo sh., Iroq – 1556) — ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan. Otasi Bayot kabilasidan bo‘lib, 15-asr oxirlarida Ozarbayjondan Bag‘dodga ko‘chib borgan. Bag‘dod madrasalarida tahsil olib, o‘zi ham mudarrislik davomi…

Islom Turkoy (1950)

Ahmadov Islom Haftik o‘g‘li (Islom Turkoy – Islam Türkay) 1950 yilda Qazax tumanining Temirchilar qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Sumgait kimyo zavodida ishlay boshlagan. 1977 yilda Ozarbayjon davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Yozuvchi” nashriyotida kichik muharrir, 1983 yildan muharrir vazifasida davomi…