Safo Matchonov. Komillik mezonlari
Ba’zan tanish-bilishlarga baho berganda “o‘qimishli” sifatini qo‘shib qo‘yamiz: “o‘qimishli qiz”, “o‘qimishli yigit”, “o‘qimishli kishi” va hokazo. Darhaqiqat, o‘qimishlilik inson fe’l-atvorini baholashda ma’lum darajada mezon bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: nega ma’lum darajada?