Abdulla Qahhor. Ming bir jon (hikoya)

Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanida, bahor kelganidan bexabar hanuz g‘aflatda yotgan o‘t-o‘lanni, qurt-qumursqani uyg‘otgan, avvalgidan ham yorug‘roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday tuyuladi.Kasalxonaga davomi…

Abdulla Qahhor. Kartina (hikoya)

Qiyom paytida «Paxtakor» kolxozining pravleniyesi oldiga qo‘ng‘iznusxa bir avtomobil kelib to‘xtadi. Bu avtomobil rayondan, shahardan tez-tez kelib turadigan avtomobillarga sira o‘xshamagani uchun oqsoq qorovul undan ko‘zini olmay, qo‘ltiqtayog‘ini to‘qillatganicha zinadan tushdiyu, unga yaqin borishini ham, bormasligini ham bilmay anhor ko‘prigidan davomi…

Abdulla Qahhor. Karavot (hikoya)

G‘anijonning xotini tug‘may yurib-yurib birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi.G‘anijon xotini homilador bo‘lganda ham, bolani ko‘tarib yurganda ham, oy-kuni yaqinlashib qolganda ham bunga qishloqda har kuni, har yerda bo‘layotgan va bo‘ladigan hodisa deb qaragan edi. Biroq bolaning yer yuziga tushuvi uning davomi…

Abdulla Qahhor. Ayb kimda? (hikoya)

Hamroyev kechki ovqatdan keyin birpas cho‘zilmoqchi bo‘lgan edi, to‘g‘ri kelmadi: narigi uy to‘polon — bolalar bir-bi-rini yostiqbilan urib o‘ynayotibdi; soat sakkiz yarimda majlisga borish ham kerak. Kecha Hamdam ota-onalar majlisi bo‘lishi to‘g‘risida maktabidan qog‘oz olib kelgan.Hamroyev hech qachon majlisga borgan davomi…

Abdulla Qahhor. Paqir qo‘mondonlari (1963)

Yoz faslida, bir tuman markazidagi kitobxona yigirmatacha yozuvchini nom-banom aytib, uchrashuvga taklif qildi. Uchrashuvdan keyin jamoa xo‘jaliklarida adabiy suhbatlar o‘tkazdik, dalalarni kezdik. Bir jamoa xo‘jaligi dalasida g‘alati bir bog‘cha-yaslini ko‘rib qoldik. Bu «tarbiya o‘chog‘i» kattakon tut daraxti ostiga joylashgan bo‘lib, davomi…

Ortiqboy Abdullayev. Qimirlagan qir oshar (1990)

Biz dorilfununga yangi kelgan kezlarimizda Shukur Xolmirzayev yuqori kursda o‘qisa-da, tilga tushgan yozuvchi edi. Ko‘pincha ko‘cha-ko‘yda Abdulla Oripov bilan o‘zaro qizg‘in gaplashib, bahslashib yurganini ko‘rardik va har ikkisiga birdek havas bilan qarardik. Ularning «Gulxan», «Lenin uchquni»da bosilgan har bir asarini davomi…

Abdulla Qodiriy: “Isyonim bepoyon, istig‘forim hadsiz…”

Adabiyotshunos Sanobar To‘laganova va tadqiqotchi Anvar Allambergenov suhbati Anvar Allambergenov: Abdulla Qodiriy ijodi o‘zbek adabiyotshunosligida eng ko‘p o‘rganilgan mavzu bo‘lishiga qaramay siz yana yozuvchi ijodini mavzu sifatida tanladingiz? Bunga ehtiyoj bormikin… Sanobar To‘laganova: O‘zbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy ijodi ko‘b va davomi…

Ortiqboy Abdullayev. Sog‘inch davri

G‘oyat iste’dodli, kamtarin, zahmatkash shoir Asqar Qosimovni talabalik yillaridan bilardim. Yanglishmasam, bizdan uch yil keyin o‘qigan edi. O‘sha yillarda fakultetimizda yuqori kurs talabalari tomonidan tayorlanadigan “Filolog” devoriy gazetasi chiqib turardi. Barcha materiallar talabchanlik bilan tanlab olinardi. Bu davrlarda partiya qo‘mitasi davomi…