Ibrohim G‘afurov. Hayot – muallim

Gapni uzoqroqdan boshlasammikin deyman. 1945-1946 yillarning ko‘klami, kunlar ilib, ko‘k­simiz uzoq qishdan so‘ng yayrab qolgan. Toshkentning shimol tomonlarida chakalakzor, do‘lanazorlar oralab ajib bog‘lar bag‘rida qamish tomli, yakkasinch, guvala uyli Teshik qopqa mahallasi joylashgan. Pochcham va otam urushdan qaytishdi. Pochcham temir davomi…

Anvar qori Tursunov: “Adabiyot ma’naviyat javharidur” (2014)

(Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov bilan suhbat) Orziqul Ergash: Anvar aka, biz sizni diniy-milliy qadriyatlarimizning tolmas targ‘ibotchisi, xalqimiz ma’naviyati, madaniyatini yuksaltirish yo‘lida astoydil xizmat qilib kelayotgan ma’rifatparvar yurtdoshimiz sifatida yaxshi taniymiz. Ayni choqda, sizning adabiyotimizga, xususan, mumtoz she’riyatimizga davomi…

Ibrohim G‘afurov: “Qodiriy qoshida qizarmaysizmi?” (2013)

– Ibrohim aka, Sizni so‘z muhiblari zakiy mu­naqqid, yetuk tarjimon, mohir adib va tang­layi kitob bilan ko‘tarilgan ziyoli deb biladi. Ijozatingiz bilan badiiy tarjima mavzusida suhbatlashsak. Menimcha, tarjimaga asar tanlashingizning o‘zi bir maktab. Hamisha “baland dorga osilgansiz” – mualliflarni chertib-chertib davomi…

Muhammad Ochil. Savag‘ich sabog‘i (2013)

Mening bolaligim Qashqa vohasining Sovuq­buloq deb nomlangan mo‘jaz qishloqlaridan birida o‘tgan. Bir paytlar bu hududning chor-atrofi bog‘-rog‘lar, chashma-buloqlar bilan fayziyob bo‘lardi. “Obkom”, “Raykom” bobolar dam olishni ixtiyor etishsa, to‘g‘ri bizning qishloqqa kelardilar. Soya-salqin bog‘larda dam olishib, buloq suvi bilan to‘ldirilgan davomi…

Saydi Umirov. Badiiy publitsistika (2012 yil tahlili) (2013)

Men “Tafakkur”, “Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik” jurnallarida, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida o‘tgan yilda bosilgan badiiy publitsistika namunalari, nashriyotlarda chop etilgan bir qator katta kichik kitoblar bilan tanishib chiqdim. Publitsistika “ijtimoiy” degan so‘zdan olinganini bilamiz. Lekin uning badiiy publitsistika davomi…

Yangi avlod ovozi (Nazar Eshonqul, Dilmurod Quronov, Rahimjon Rahmat, Bahrom Ro‘zimuhammad) (2013)

Nazar Eshonqul javoblari: 1. Siz aytgan avlodlar bo‘linishi ko‘proq poeziyaga xos. Nazm – dunyoviy an’analar, usullar, sinovlar va shakllarni o‘zida sinab ko‘rdi, taraqqiyot bosqichiga chiqib oldi. Nasr haqida men bunday deb aytolmayman. Nazarimda, nasrga nisbatan jarayon bir muncha boshqacharoq kechganday. davomi…