Nosir Muhammad. Navoiyning dunyoviy shuhrati

Buyuk so‘z san’atkorlari tarixning tub burilish nuqtalarida, millatni birlashtiruvchi, ruhan yuksaltiruvchi badiiy so‘zga kuchli ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keladi. Alisher Navoiy xuddi ana shunday davrda yashadi. O‘sha davrda turkiy xalqlar XI asrdagi yuksalishdan keyin yangi bir to‘lqinni, ma’naviy-madaniy taraqqiyotni – davomi…

Abdumajid Madraimov. Ibratlar xazinasi (2010)

O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti jahondagi mashhur qo‘lyozma xazinalaridan biridir. Unda jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir olimlarning qimmatli asarlari qo‘lyozmalari saqlanadi. Mana shunday qimmatli asarlardan biri yirik mutafakkir Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” nomli kitobidir. davomi…

Xayriddin Sultonov. Chollar palatasi (hikoya)

Yonboshbuloqqa kuz erta tushdi. Kechagi yashilligidan ayrilgan za’faron barglar mungli shivirlab, so‘ngsiz hasratini izhor qilmoqchiday qo‘nimsiz tentiraydi… Achchiq izg‘irin allaqayerdan qor sharpasini haydab keldi, g‘ofil kimsalarni qilichini ko‘tarib qish kelayotganidan ogoh etgan kabi birdan qora sovuq tushdi. Odamlar o‘tin-ko‘mir, issiq davomi…