Samoviy tulporlar sog‘inchi

O‘rta Osiyoda asrlar bo‘yi asl zotli tulporlar yetishtirish tajribasi to‘plangan. Qorabayir, ahaltaka, va yovmid otlari haqli ravishda jahon yilqichiligining gavhari hisoblanadi. Xususan, o‘zbek qorabayirlari na tog‘, na dashtni pisand qiladi. Ochlik ham, suvsizlik ham ularga pesh emas. Ajdodlarimiz otlarini ham davomi…

Xosiyat Bekmirzayeva. Gul Va Bulbul

Uzoq o‘tmishda Nil daryosi bo‘ylaridagi kishilar va qadimgi misrliklar gulga nisbatan muqaddas giyoh sifatida munosabatda bo‘lganlar. Keyinchalik bu tasavvur va tushuncha Bobil (Vavilon) va Eronga o‘tgan. O‘rta asrlarda Yevropada gul nomi bilan bog‘liq shaharlar (Florentsiya, Venetsiya) bunyod etilib, ular nomiga davomi…

Harivansh Ray Bachchan (1907-2003)

Hind she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri Xarivansh Ray Bachchan 1907 yil 27 noyabrda qadimiy Ollohobod shahrida tug‘ilgan. U, Umar Xayyom, Bayron, Shelli, Kits she’riyati ruhida shakllangan. Ollohobod dorilfununini bitirgan. Uning asarlari teran realizm, insonparvarlik, grajdanlik, vatanparvarlik bilan yo‘g‘rilgan. Xarivansh Ray Bachchan davomi…

Najmiddin Kubro (1145-1221)

Mashhur shayx, yirik tasavvuf olimi, xalq qahramoni va otashnafas shoir Najmiddin Kubro (نجم الدين الكبرى‎) Xiva yaqinidagi hozirgi Sayot qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning to‘liq ismi — Ahmad ibn Umar Abuljannob Najmiddin al-Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy. «Shayxi valiytarosh» — «Avliyolar yetishtiradigan shayx» nomi davomi…

Atoiy (XV asr)

Atoiy (15-asr, Balx) — shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy («Majolis un-nafois») Atoiy hayoti va ijodi haqida to‘xtalib, «Mavlono Atoiy Balxda bo‘lur erdi. Ismoil davomi…

Nabi Jaloliddin (1962)

Nabi Jaloliddin (Jalolov) 1962 yili 2 may kuni Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Jonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Afg‘on urushi qatnashchisi (1981-83-yy.). 1993 yili Toshkent davlat universiteti(hozirgi — O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini (sirtqi) bitirgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Nabi Jaloliddinning she’riy — “Hur nido”, davomi…

Rahmon Qo‘chqor. Qarz berilgan nur (2006)

Ustoz Ozod Sharafiddinovningyorqin xotirasiga bag‘ishlayman. Men bu mahzun qissani qachon o‘qimay, har safar Omon Matjonning «Charli Chaplinni eslab» she’ridagi misralar yodimga kelaveradi: Charli Chaplin o‘ldi.Xayol ekraniBexos qora tortdi. Musiqa tindi.Qarz berilgan nurni olib ketdilar —Tunlari Chaplinsiz yashaymiz endi.