Ahmad A’zam. Kuni bizga qolgan bayroq (2013)
Bu voqeani aytib bersammi, yo‘qmi yo tarixiy obidalarimizga hurmatimiz katta, osori atiqalarimizni nihoyatda e’zozlaymiz deganimiz bilan aslida, ahvolimiz shunday deb o‘kinib yuraverish kerakmi degan ishtibohlarga boraman. Yo‘q, aytmasam bo‘lmas ekan, endi foydasi yo‘qdir, lekin ko‘pchilik bilib qo‘ygani yaxshi. Keyin, yana davomi…