Said Anvar. “Poyezd-poyezd” (hajviya)

Muxtorjon degan ota boshqa, ena bo‘lak inim maktabga direktorlikka tayinlanadigan, viloyatga borib suhbatdan o‘tadigan bo‘ldi. “Birga borib kelsak”, deb qoldi. Direktor o‘zimizdan chiqadigan, shu maktabda ishlayman, yana mehnatdan olti soatlik fakultativ dars bo‘sh turibdi, degan gaplar ham bor, mashinamga o‘t davomi…

Tamaki — sog‘lik kushandasi

Tamaki haqidagi ilk ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchisi Geradot asarlarida uchraydi. Manbalarda Afrika qit’asida yashovchi odamlar o‘sha davrda ma’lum bir o‘simlik barglarini tutatib, shu tutunni hidlashni odat qilishgani qayd qilingan. Ammo bu o‘simlik XVI asrda Kolumb ekspeditsiyasiga xizmat qilgan kemada Yevropaga davomi…

Xoliyor Safarov. Sir (hikoya)

Qish kunlarining birida sportchi talabalar mashg‘ulotlarini tugatib, zaldan chiqib ketishayotganida Abdujalil bosh kiyimini kiya turib, bexosdan yonidagi Sheroz ismli yigitni turtib yubordi. So‘ng darrov kechirim so‘radi. — Ko‘zingga qarab yursang bo‘lmaydimi, qishloqi! — dedi Sheroz unga o‘qrayib.— Nima? – Abdujalilning davomi…

Hidoyat O‘rujov (1944)

O‘rujov Hidoyat Xudush o‘g‘li (Hidayət Xuduş oğlu Orucov) 1944 yilda Armanistonda tug‘ilgan. Shoir, dramaturg, publitsist, yirik jamoat arbobi. Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Turli adabiy-badiiy tashkilotlarda, davlat idoralarining mas’ul lavozimlarida ishlagan. O‘nga yaqin kitoblari chop etilgan. Hidoyatning dramalari muvaffaqiyat davomi…

Naim Karimov. Abdulla Qodiriyning Qozon safari

Xalqlar va adabiyotlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarining o‘rnatilishi va kamol topishida yozuv madaniyati, xususan arab yozuvi yaqin-yaqingacha g‘oyat katta rol o‘ynab kelgan. Bu yozuvning asosan undosh tovushlarni ifodalovchi harflarga asoslanganligi shu yozuvda bitilgan kitoblarning O‘rta Osiyo, Kavkaz va Volga bo‘ylarida yashagan davomi…

Ortiqboy Abdullayev. Turkistonning qora kunlari (1992)

O‘zingdan chiqqan yov yomon Yillar o‘tadi. Dovullar tinadi. Jang-jadallar tarix qa’rida unutilib ketadi. Soxta haykallar ag‘dariladi. Qudratli saltanatlar yemiriladi. Yolg‘on g‘oyalar barham topadi. Ajdodlar ruhini yangidan-yangi avlodlar diliga joylab voyaga yetadi va jamiyatni poklash uchun, toptalgan adolatni, erkni, ezgulikni yana davomi…

Hamidulla Akbarov. Adib tafakkuri, aktyor talqini (yozuvchi va ijrochi hamkorligi masalalari)

Ijrochilik san’ati hamda yozuvchi faoliyati bir-biriga o‘xshash ko‘rinadi. Aktyor ham, adib ham qahramonini, u istiqomat qiladigan mediamuhitni tasavvur etadi, personajning har bir daqiqadagi hayotini hamda unga jo‘r bo‘ladigan jismoniy harakatini “kuzatib boradi”, o‘ylari hamda talaffuz etayotgan so‘zlari biri ikkinchisini ifodalashini davomi…

Abdug‘afur Rasulov. Boshqalarga o‘xshamas olim edi

Tal’at Solihov hayot bo‘lganida sakson yoshga to‘lardi. Vafot etganida ellik to‘qqiz yoshda edi. Uning hayoti Toshkent Davlat universiteti bilan bog‘liq: talaba bo‘ldi, aspiranturada o‘qidi; dissertatsiya himoya qildi, dotsent unvonini oldi; 1984 yilda O‘zbek filologiyasi fakultetiga dekanlik qildi; 2-3 yil Afg‘onistonga davomi…