Jek London. Intiho (hikoya)

Morgansonning tomog‘idan so‘nggi bekon* tishlami sarimoyday o‘tib ketdi. U hayotida biror marotaba oshqozonini bunday siylamagandi. Oshqozon Morganson uchun e’tibordan xoli va uni kam bezovta qiluvchi narsa edi, o‘zi ham oshqozon masalasida ko‘pam qayg‘uravermasdi. Lekin hozir uzoq ochlikdan so‘ng tuzlangan bekon davomi…

Edgar Allan Po. Vaqt o‘rog‘i (hikoya)

Nega buncha qayg‘urasiz,Ey, noyob go‘zal!J. Milton. Qomus Ajoyib, fusunkor shahar Edinani sayr etishga chiqqanimda oromli, farahbaxsh oqshom tushayotgan edi. Ko‘chalar gavjum, har yonda g‘ala-g‘ovur, odamlar bir-biriga turtinib-surtinib, qayoqqadir oshiqishadi. Xotin-xalaj baqirib-chaqirishadi. Bolalar qiyqirishadi. Cho‘chqalar chiyillab, xurillashadi. Aravalar g‘ijirlaydi. Ho‘kizlar bo‘kirishadi. davomi…

Rabindranat Tagor. Sohil hikoyasi (hikoya)

Agar shu kungacha ko‘rgan-kechirganlarimning hammasini toshlarimga batafsil yozib borishning iloji bo‘lganda edi, birgina zinapoyamning o‘zini o‘qib chiqishga bir necha kun kerak bo‘lardi. Modomiki o‘tmishdan hikoyat tinglash niyatingiz bor ekan, keling, zinapoyamga o‘tiring-da, to‘lqinlar shovqiniga quloq tuting. Ular qa’ridan allaqachonlar unut davomi…

O’Genri. Yo‘l aylanib (hikoya)

“Ko‘ylaging o‘zingga loyiq keldimi, Sem?”- deb so‘radi Uebber xonim eman daraxti ostidagi o‘zining jonajon tebratma kreslosida kitob o‘qib o‘tirarkan.“Ha, endi soz bo‘libdi, Marti”, — deb javob berdi Sem biroz o‘zidan ketib. “Avvaliga men o‘zim tugmalarni joy-joyiga qo‘yib, qaday olmayotgandirman, deb davomi…