Ashurali Boymurod (1957)

Ashurali Boymurod 1957 yilda tavallud topgan. Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. Shoirning “Sadoqat”, “Sog‘inch”, “Mehriston”, “Qushlar tilga kirganda” nomli she’riy to‘plamlari, “Mehr” saylanmasi nashr etilgan. Ayni damda “Turkiston” gazetasida ishlaydi. ONA VATAN Bu zamin olovdir, bu zamin — otash, Ko‘ksini davomi…

Tursunboy Adashboyev. Ustozlardan yuqqan “nuqson” (2013)

Kechagidek esimda, birinchi mashqim oltinchi sinfda o‘qiyotganimda “Tong yulduzi” (sobiq “Lenin uchquni”) gazetasida bosilgan edi. “Qirg‘iziston haqiqati” respub­lika gazetasida hajviy she’rlar uchun e’lon qilingan tanlovda ikkinchi o‘rinni olganimdan so‘ng musahhih bo‘lib ishlashga taklif qilishgan. 1958 yilning may oyi edi. Muharririmiz davomi…

Mirpo‘lat Mirzo. Armon (esse)

Ko‘klam endigina kengliklarga muattar bo‘ylarini taratayotgan damlar yodingizdami? Tong payti ilk giyohlar nish urgan qirlar, adirlar, uyg‘onayotgan dalalar shabnamlarga cho‘miladi va bu shabnamlar hovurga aylanib, quyoshning sog‘intirgan shu’lalarini oqlikka chulg‘aydi. Tutab yotgan isiriq tutunlari yanglig‘ bu hovur tog‘ etaklariga to‘shalgan davomi…

Muhammad Ochil. Savag‘ich sabog‘i (2013)

Mening bolaligim Qashqa vohasining Sovuq­buloq deb nomlangan mo‘jaz qishloqlaridan birida o‘tgan. Bir paytlar bu hududning chor-atrofi bog‘-rog‘lar, chashma-buloqlar bilan fayziyob bo‘lardi. “Obkom”, “Raykom” bobolar dam olishni ixtiyor etishsa, to‘g‘ri bizning qishloqqa kelardilar. Soya-salqin bog‘larda dam olishib, buloq suvi bilan to‘ldirilgan davomi…

Isajon Sulton. Internet adabiyoti (2013)

Yigirma birinchi asr so‘nggida insoniyatga taqdim etilgan hayratlanarli vosita – Internet madaniyatimizga, san’atimiz va adabiyotimizga qay darajada kuchli ta’sir qila oladi, u ta’sir yaxshimi-yomonmi, degan bahslar anchadan beri davom etib kelmoqda. Modomiki, gap Internetning adabiyotga va adabiy muhitga ta’siri haqida davomi…

Yangi avlod ovozi (Nazar Eshonqul, Dilmurod Quronov, Rahimjon Rahmat, Bahrom Ro‘zimuhammad) (2013)

Nazar Eshonqul javoblari: 1. Siz aytgan avlodlar bo‘linishi ko‘proq poeziyaga xos. Nazm – dunyoviy an’analar, usullar, sinovlar va shakllarni o‘zida sinab ko‘rdi, taraqqiyot bosqichiga chiqib oldi. Nasr haqida men bunday deb aytolmayman. Nazarimda, nasrga nisbatan jarayon bir muncha boshqacharoq kechganday. davomi…