Turdi Farog‘iy (XVII asr)

XVII asrda yashab ijod qilgan Turdi Farog‘iy o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan shoir va mutafakkirlardan biridir. Shoir o‘z she’rlarini ko‘p hollarda “Turdi” nomi, ba’zan esa “Farog‘iy” taxallusi bilan yozgan. “Farog‘” Jizzax hududidagi qishloqlardan birining nomi bo‘lish ehtimoli davomi…

G‘aybulloh as-Salom. Bizning dorilfununlarimiz (1989)

Toshkent shahar firqa qo‘mitasining XI plenumida qilingan ma’ruzada oliy va o‘rta maktabning o‘n minglab bitiruvchilari orasida… savodsiz diplomlilar, ma’naviy qadriyatlarni yo‘qotgan yoshlar tobora ko‘payib borayotganligi aytilgan edi. O‘qiymiz: «Shunisi ajablanarli holki, oliy o‘quv yurtlarida nosog‘lom ehtiroslar boshqa har qanday muassasalardagiga davomi…

Ogahiy (1809-1874)

Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li — Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri bo‘lib, Navoiydan keyin eng “ko‘p va xo‘b” she’r aytgan shoirlardandir. Ogahiy 1809 yil 17 dekabrda Xiva atrofidagi Qiyot qishlog‘ida (Hozirgi Ogahiy nomli jamoa xo‘jaligi) dunyoga kelgan. Otasi davomi…

Dilmurod Quronov, Feruza Habibullayeva. “O‘tkan kunlar” tarjimasi: tahlil va tavsiyalar

Islom Karimov fondining feysbukdagi sahifasida quvonchli bir xabar e’lon qilindi. Unda aytilishicha, “Fond O‘zbekistonning ­YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ingliz va frantsuz tillariga tarjimasiga bosh-qosh bo‘lmoqda”. Xabarda yana “milliy ma’naviy boylikka” aylangan davomi…

Bahodir Qobul. Otahayot (hikoya)

Birinchi kun …Qishloqqa kirib borarkan yo‘l yoqasidagi tanish daraxtlardan birortayam qolmaganligiga ko‘zi yetgach dami ichiga tushib ketdi… Bir vaqtlar shoxlari shamolda gurillagan, epikinda sollanishgan, shoxlashishgan shoxlarning soyalari bir birini quvalagan, shoxdan-shoxga uchgan-qo‘ngan qushlar g‘ujuridan, ostida bir maydon o‘tirgan odamning bahri davomi…

Ibrat (Komiljon Otaniyozov)

“…San’atkor bilimli, orif, so‘z va sozni yurakdan his qiladigan inson bo‘lishi kerak. Qo‘shiq matni mazmunini, ruhini, ohangini, dardini to‘la anglashi zarur. Shoir she’rni o‘ynab yozmaydi, uni dard, ehtiros, aqliy nafosat bilan bitadi. Shu sababli san’atkor ham uni shunday dard, ehtiros, davomi…

Farrux Atayev. Mushtarak ildizlar (Tilimiz haqidagi shaxsiy mulohazalar)

Borliq haqidagi hozirga qadar to‘plangan jamiki bilimlar ummon emas, aslida, ummondan tomchidir. Bu bilim ganjinalarining yaratilishida avvalo insonlarning aqli-zakosi-yu muloqot vositasi bo‘lmish til va adabiyotning o‘rni beqiyos. Shuning uchun butun bashariyatning o‘zaro hamkorligi mahsuli bo‘lgan ko‘pgina tushunchalaru qadriyatlar umumiydir. Masalan, davomi…