Xoliyor Safarov. Og‘riq (hikoya)
Baland bo‘yli, sersavlat, qirra burun, qoshlari qalin Davlatbek aka tish og‘rig‘idan bu kecha ham yurib chiqdi: «Voh, xuddi birov miyamda arra yuritayotgandek zirqiratadi-ya?!» Zora bosilsa, degan ilinjda tamaki tutatdi, foydasi bo‘lmadi. Uyga kirib yotsa, battar zabtiga olgandek tuyuladi. Sog‘ning dardmand davomi…