2022 yili yo‘qotganlarimiz

Yakuniga yetayotgan 2022 yil O‘zbekiston ilm, fani va madaniyati bir qator darg‘alaridan ayrildi. Ziyouz.uz portali ushbu yilda vafot etgan o‘zbekistonlik davlat va jamoat arboblari, ziyolilarni xotirlaydi. Adabiyotshunos olim, professor Umarali Normatov (1931-2022) Umarali Normatov (1931.3.1, Beshariq tumani — 2022.1.29, Toshkent) davomi…

Ahmadjon Meliboyev. “Dadangmasman, Ne’mat akangman…”

Yoqimli nutq insonning qiyosi yo‘q ma’naviy boyligi, javohirlar to‘la sandig‘i. Yaxshi so‘z, yaxshi xabar ko‘ngilga quvonch baxsh etadi, yurakka moydek yoqadi, shifobaxsh malhamdek ta’sir qiladi. Xalqimizda tilga doimo e’tiborli bo‘lish, har so‘z, har iborani yetti o‘ylab gapirish, qisqa so‘zlash, muomala davomi…

Esong‘ali Ravshanov. O‘shanda ko‘klam edi (qissa)

Tolstoy nima degandi: “Bir necha yuz ming odam kichik yerga jamlanib, o‘zlari tiqilib yashayotgan zaminning abjag‘ini chiqarishga qanchalik urinishmasin, giyoh unmasin deb yerga qancha tosh yotqizishmasin, nish urib ko‘kara boshlaganlarini qirib-qirtishlashmasin, toshko‘mir, yermoy burqsitib, daraxtlarni, jamiki jonzotlarni g‘orat qilishmasin, bahor davomi…

Salohiddin Mamajonov. Hamza dindor bo‘lganmi? (1990)

Bu mavzu — hamzashunoslikda atayin bir chetga surib qo‘yilgan masaladir. To‘g‘rirog‘i, tadqiqotchilar Hamzaning dinga bo‘lgan munosabatiga deyarli bir tomonlama yondoshdilar. Ya’ni Hamza dinning ashaddiy dushmani edi va butun ijodi davomida dinga qarshi faol kurash olib bordi, deyilgan fikr-aqida ommaga qayta-qayta davomi…

Bahodir Karimov. “Boburnoma”dan “O‘tkan kunlar”ga

Abdulla Qodiriy romanlarining betakror jozibasi, tilidagi go‘­zallik, obrazlilik, aniqlik, tasviriylik kabi fazilatlar hozirgacha hammani hayratga solib keladi. Adibning badiiy mahoratini, asarlari umrboqiyligini barcha birdek e’tirof etadi. Zero, bunday epik ko‘lamning yuzaga kelish omillari, betakror poetikaning tub ildizi hamda ta’sirlanish asoslarini davomi…

Naim Karimov. Hamzani kim o‘ldirgan yoxud Shohimardonning qora bahori (1991)

Shohimardon! O, tog‘lar qo‘ynida pinhon, Go‘zal diyor, ko‘ksingda dahshatli, achchiq Qanday qonli sirlar bor?.. Yurak zirqirar Bosadi xotiralar — qora bosiriq… Oybek. Kishilarni larzaga keltirgan har qanday voqea yillar karvoni o‘tishi bilan, qor qatlamlari ostida qolgan qabrdek, o‘zining dahshatli sadosini davomi…

Shoniyoz Doniyorov. Madaminbek kim edi? (1991)

Inqilob, aniqrog‘i hokimiyat to‘ntarishi… Ochlarga non, yo‘qsillarga boshpana, dehqonga yer va erk, tenglik va tinchlik va’da qilgan inqilob. Ha, o‘sha yo‘qsillar kutgan inqilob… «Ozodlik va erk» kuychilari tomonidan xo‘b maromiga yetkazib obdon kuylangan inqilob… Ulardan o‘tkazib inqilobga ta’rifu tavsif berish davomi…

Sabohat Azimjonova. «Boburnoma» qanday yozilgan? (1990)

Boburnoma» Hindistonda yozilgan, biroq Zahiriddin Muhammad Bobur qanday manbalarga asoslanib, qachon, qayerda o‘z asarini yoza boshlagani haqida aniq tarixiy ma’lumotlar yo‘q. Boburning qizi Gulbadanbegimning Hindiston xalqlari tarixining XVI asr o‘rtalaridagi davrini o‘zida aks ettirgan «Humoyunnoma» asarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Sikri davomi…