Qadimgi yunonlarning xudosi nechta edi?

Bu savolga javob berish juda ham o‘ng‘ay: Zevs boshchiligidagi Olimp xudolari o‘n ikkita bo‘lib, ular quyidagicha juft-juft edi: Zevs — Gera, Poseydon — Demetra, Apollon — Artemida, Ares — Afrodita, Germes — Afina, Gefest — Gestiya. Bu xudolarning bari ko‘plab davomi…

Eldor Muxtorov. Shamolda yongan olov

Bahodir Yo‘ldoshev o‘zbek teatr san’atining atoqli siymolaridan, O‘zbekiston zamonaviy madaniyatining baobro‘ kishilaridan biridir. Mamlakatimizning turli teatrlari sahnalarida u sahnalashtirgan spektakl­lar o‘zbek teatri tarixida chuqur o‘rin egalladi.  Uning spektakllari milliy ma’naviy merosning butun rang-barangligini, an’anaviy o‘zbek teatri tajribasini va jahon teatr davomi…

Sukunatni izlagan ovoz (Afzal Rafiqov)

Hayotning sermavj to‘lqinlari aro o‘zanini izlab kezayotgan ko‘ngil hamisha savollarga, qiynoqlarga duch kelib, topilgan javoblardan tiniqlashib boraveradi. O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov tiynatida ham tarjima qilinmagan qalb sadosi – ichki monologiga ega bo‘lgan aktyor yashirinligini sezish mumkin. O‘zni anglamoq maqsudi davomi…

Ismoilbek Gasprinskiy va Turkiston

Ismoilbek Gasprinskiy va Turkiston / Mas’ul muharrir Naim Karimov/. «Shahidlar xotirasi» xayriya jamg‘armasi, «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi. — Toshkent, «Sharq», 2005 I.Gasprinskiy (1851—1914) — Turkistondagi jadidchilik harakatining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan siymolardan biri. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida davomi…

G‘ayrat Sheraliyev. “Hamisha… pul xizmatidamiz!” (hajviya)

“Ashulachi” jurnalida ish boshlaganimga bir hafta to‘lmay, bosh muharrir chaqirtirdi. Xushlamayroq qarshi olganidan kayfiyati chatoqligi ko‘rinib turardi. – Siz muxbirlikka o‘qiganmisiz, yo chilangarlikkami? Haligina ming istihola bilan birinchi maqolamni yozib topshirgandim. Rahbarimning bunaqa g‘azabnok savolidan bildimki, qandaydir qovun tushirganim aniq. davomi…

Hamidjon Ikromov. Hayotni jangovarona fosh etgan poeziya (Gerxard Gauptman)

Gerxard Gauptman XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmida Germaniyaning eng ko‘zga ko‘ringan dramaturgi edi. Uning ijodida o‘sha davr nemis yozuvchilarining izlanishlarini o‘zida mujassam qilgan xarakterli xususiyatlar yorqin aks etgan. Gauptmanning serqirra ijodi turli adabiy janr va yo‘nalishlarning o‘ziga davomi…