Xolida Nuroy (1962)

Xolida Nuroy (Xalidə Nuray) 1962 yilda Ozarboyjonning Naxchivon viloyatida dunyoga kelgan. Naxshivon davlat institutini bitirgan. “Xayollarning ko‘z yoshi”, “Ruhim sizlaydi”, “Yaproqlarning gunohi” nomli kitoblari chop etilgan. 2018 yildan “Ozod qalam” gazetasida muharrir bo‘lib ishlaydi. “Qizil qalam” mukofoti sohibasi. Ozarbayjon yozuvchilar davomi…

Javonshir Asqar (1961)

Javonshir Asqar (Cavanşir Əsgər) 1961 yili Ozarboyjonning Xirdalanda rayonida tug‘ilgan. She’rlari 1984 yildan Ozarbayjon vaqtli matbuotida chop etiladi. * * * Unutaman kuy-qo‘shiqni, Yolg‘iz o‘zim kezaman. Yodga olmay san ishqni, Bir kun sansiz kezaman. Bag‘rimga yaproq tushadi, Depsinib sovqatgan sari, davomi…

Elli Otayurt (1961)

Elli Otayurt (Elli Atayurd) – Mamedov Shukur Gasham o‘g‘li 1961 yil 19 mayda G‘arbiy Ozarbayjonning Karvonsaroy qishlog‘ida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli matematik, turkshunos, shoir. Uchta she’riy kitobi chop etilgan. Turkmaniston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. DO‘STLARIMGA Jonajon do‘stlarim, jon qardoshlarim, Hasrat yomg‘irining sellaridaman. davomi…

Muhabbat To‘laxo‘jayeva. Teatr madaniyatlari mushtarakligi: sharq va g‘arb

“Teatr madaniyati” keng qamrovli tushuncha bo‘lib, eng avvalo, teatr binolari, teatr muassasalari, teatr institutlari, litsey, kollej va hokazolarning yaxlit majmui sifatidagi infratuzilmani anglatadi. Ayni chog‘da teatr madaniyati avloddan-avlodga o‘tib keluvchi teatr an’analari ko‘rinishidagi madaniy merosni bildiradi. Professionalizm, xususan, sahna asarlarining davomi…

Abdurazzoq Karimov. Oltini bor qishloq obodmi? (1989)

Toshkentdan avtobusda borayotgan yo‘lovchi «Temur darvozasi»dan o‘tganidan so‘ng ob-havoning keskin o‘zgarganini darrov sezadi. Chunki siz shu paytda meridian chiziqlari kesishgan G‘allaorol nohiyasiga kirib kelasiz. Nurotaning tuya o‘rkachli tizma tog‘lari hamda G‘o‘bdin tog‘lari bilan o‘ralgan G‘allaorol o‘zining tabiati, yeri, iqlimi, jo‘g‘rofiy davomi…

Gabriel Garsia Markes. To‘kilayotgan yaproqlar (qissa)

Aytishlaricha, itdek o‘lim topgan Polinikning jasadi masalasida Kreont shunday hukm chiqarganmish: shahar ahlidan biror kimsa o‘likni qabrga qo‘ymasin, o‘limiga qayg‘urib aza tutmasin, tanasi odamga o‘xshab ko‘milmay, quzg‘unlarga yem qilinsin. Emishki, odil Kreont bu farmonni oshkora aylab, senu meni, ayniqsa, meni davomi…

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on: Turkiya mustaqil tashqi siyosatdan voz kechmaydi

Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olishga qaror qilgani AQSh bilan munosabatlarning taranglashuviga olib keldi. Sirtdan qaraganda, masala birgina qurol-aslaha oldi-sotdisi bilan bog‘liq. Ammo vaziyatga teranroq nazar solinsa, ushbu munozaralar zamirida geosiyosiy manfaatlar uchun kurash yotganini anglash qiyin emas. Anqara davomi…

Sobir O‘nar. Davlatning qaytishi (hikoya)

Esingdami, o‘shanda Avram Tolmasning yozgi saroydagi kontsertiga kirgan edik, kontsert kechikib boshlangandi. Ungacha Davlat hammani laqillatib o‘tirgan, ulfatimiz Olim akaning yonida kelgan ma’shuqasiga: “Yanga, ko‘zingiz sigirnikiga o‘xsharkan”, deganida boyoqish birdaniga ho‘ngrab yig‘lab yuborgan, shu ko‘yi arazlab saroydan chiqib ketganida Olim davomi…

Naim Karimov. 1937-1938 yillardagi “Katta qirg‘in”ning fojiali oqibatlari

Naim Karimov. 1937-1938 yillardagi “Katta qirg‘in”ning fojiali oqibatlari. — Toshkent, 2015. 1937-1938 yillardagi “Katta qirg‘in”ning kelib chiqishi va fojiali oqibatlari to‘g‘risida xorijiy davlatlarda ko‘plab kitob va maqolalar e’lon qilingan. O‘zbekistonda bu masalaning o‘rganilishi “qayta qurish” va oshkoralik yillarida boshlangan bo‘lsa-da, davomi…

Abdulhamid Muxtorov. Ustoz bilan o‘tgan kunlarim

Kech, juda kech edi. Chamasi soat tungi o‘n bir yarimlar. Biroq ayni shu paytda gazeta navbatchisi bo‘lgan men g‘ayrat-shijoat bilan Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan 32-uy zinalaridan qo‘limda “Ma’rifat” gazetasining maketi o‘ramini tutgancha birinchi qavatga tushib kelayotgan edim. “Sharq” nashriyoti bosmaxonasiga borib davomi…