2019 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan maqolalar, hikoyalar, mualliflar

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 5 752 724 tani (www.ziyouz.com — 4 750 055; www.ziyouz.uz — 1 002 669) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 15 760 kishi). Tashrif buyurganlarning 76 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (8%), Qozog‘iston (5%), Qirg‘iziston (3%), Tojikiston davomi…

Anor. Yil fasllari yoxud bir papka ichidagilar

Muallifdan: 1994 yilning mart oyida qalamga olingan bu qaydlarni hikoya deb bo‘lmaydi. Chunki “janr talablariga mos kelmaydi” deyishlari aniq. U holda bularni qaysi janrga kiritish mumkin? Ehtimol, “hujjatli fantaziya” demoq kerakdir? Fantastik hujjatlar ichida ko‘p o‘ralashavergandan keyin “hujjatli fantaziya” yozishdan davomi…

Nikolay Gogol. Al-Ma’mun (tarixiy tavsif)

Kamdan-kam hukmdor al-Ma’munchalik davlatining eng gullab-yashnagan chog‘larida taxtga chiqqan. Qadimgi dunyoning muborak zaminida qudratli xalifalik ulug‘vorlik bilan qad ko‘targan edi. Sharqda gullab-yashnagan Osiyo butunisicha unga qaram edi. Qudratli imperiyaning etaklari Hindistongacha yetib borardi. G‘arbda esa Afrika sohillari bo‘ylab Jabali-Toriqqacha cho‘zilgandi. davomi…

Asad Dilmurod. Oqbadan parivash nigohi (hikoya)

Arxeologik qo‘riqxona sanalmish qadimiy Afrosiyob xarobazorini kechayu kunduz qo‘riqlovchi afsungar: sochlari to‘lin oy shu’lasidek shokila-shokila oqbadan parivash!.. Yuragi tig‘ tilgandek simillab sanchayotgan Zarina yonida tizzalagan yolg‘iz o‘g‘li – Arslon burji ostida tug‘ilgan Sevinchakning bo‘y-basti va marhum eri Hikmat Roziqning dahliz davomi…

Burulkan Karagulova (1957)

Burulkan Karagulova – 1957 yilda tug‘igan. Qirg‘iziston milliy universitetini tamomlagan. “Xayol kemasi”, “Yuragimni quvontirib ketding”, “Bu dunyo ko‘rklidir sevging bilan”, “To‘xtag‘ul ko‘li – ko‘zyoshim” kabi she’riy kitoblari chop etilgan. * * * Yuragim titradi, To‘qqiz ballga. Seysmolog tekshirib, To‘qqiz emas, davomi…

Erkali O‘sko‘nali (1958)

Erkali O‘sko‘nali (Erkalы Өskөnaliyev) – 1958 yilda tug‘ilgan. Qirg‘iziston milliy universitetini bitirgan. Shoirning “Yillar – daryo”, “She’rlangan oy” to‘plamlari nashr etilgan. * * * Yurak yomg‘ir to‘kkanda, Ey qiz, chodir tashlarsan, Bir joduli jilmaysang, Yil bo‘yi shod yasharman! Oppoq libos davomi…

Abdurahmon Alimboyev (1956)

Abdurahmon Alimboyev (Abdraxman Alыmbayev) – 1956 yilda tug‘ilgan. Qirg‘iziston universitetining tarix fakultetini bitirgan. Shoirning yetti to‘plami nashr etilgan. 2009-2011 yillarda Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi raisi bo‘lgan. Turon zamini Ulug‘ tog‘dan boshlanadi Sirdaryo, Suvlari cho‘ng qoyalarga bulanib. Biz Turondan kelayapmiz qadimiy, Biz davomi…