Mehmon Islomqulov, Adhambek Alimbekov. Bir chamanda tug‘ilganmiz yonma-yon

(o‘zbek-qozoq adabiy aloqalariga doir) O‘zbek-qozoq xalqlarining do‘stligi, adabiyotlarining ruhiy yaqinligi haqida gap borganida beixtiyor G‘afur G‘ulomning “Qozoq elining ulug‘ to‘yi” she’ridagi quyidagi misralar yodimizga tushadi: Ming yillarga bar tutqazmas Qardoshlik tariximiz. Ikki boshga bir manglayday Yarqiroq taqdirimiz. Donishmand shoirimiz xo‘p davomi…

Oygul Asilbek qizi. Adabiyot chindan ham inqirozga yuz tutdimi?

Chindan ham bugun adabiyot inqirozga yuz tutdimi?! Bu savol deyarli barcha adabiyotshunos olimlar, yozuvchilar, shoirlar va, albatta, kitobxonlar uchun qiziq. Jurnalning o‘tgan sonlaridagi “Yo‘l qayerdan o‘tadi?” nomli maqolada muallif, pragmatik qadriyatlar ustun bo‘lgan zamonaviy jamiyatda adabiyot o‘z xuquqlarini o‘zida saqlab davomi…

2018 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar, hikoyalar, she’rlar, mualliflar

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 5 552 961 tani (www.ziyouz.com — 4 707 615; www.ziyouz.uz — 845 346) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 15313 kishi). Tashrif buyurganlarning 68 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (11%), Qozog‘iston (5%), Tojikiston (3%), davomi…

Sarobga aylangan orzular (Ahmad Zohir)

1989 yilning sentyabr oyining o‘rtasi edi. Bir guruh jurnalistlar Kobul aeroportidan Toshkentga qaytayotgandik. Chiptalarimizni endigina ro‘yxatdan o‘tkazayotganimizda nogahon aeroport binosining atrofiga mujohidlarning raketalari yog‘ila boshladi. Raketa yeru osmonni titratardi. Noilojlikdan o‘zimni stol tagiga tashladim. Yonimga Ukrainaning Odessa shahriga tahsil olish davomi…