Sabab, bahona va natija haqida maqollar
Ajal yetmay, chivin o‘lmas. Ajali yetgan sichqon Mushukka g‘amza qilar. Alamzadaning tili zahar. Alas-alasga o‘t kerak. Aravani ot emas, arpa tortar. Arazlagan bolaga osh totli. Bermas qizning qalini ko‘p. Besabab oyoqqa tikan kirmas. Bir kunlikka ham ravot kerak, Ming kunlikka davomi…