Halima Ahmedova. Sen – ko‘rkam va go‘zalsan, mehribon va muruvvatlisan… (badia)

Bolaligimda bibimning uzun va uchi qo‘ng‘iroq sochlarini ushlab yurishni yaxshi ko‘rardim, undan doim qalampirmunchoqning hidi anqirdi. Bibim juda xushro‘y edi. Ayniqsa, joynamoz ustida yanada suluvlashib ketardi. Namozini tugatgach, undan so‘rardim: – Dunyoda eng chiroyli kim? Bibim ko‘zlariga to‘lgan nurning tilida davomi…

To‘lepbergen Qaipbergenov. Adabiyot ummonida (“Qoraqalpoqnoma”dan parcha)

Adabiyot nazariyasidan dars bergan Agan Nikiforovich Sidorovning maslahatlaridan: …Adabiyot — har kim kirib, to‘yib ketaveradigan to‘yxona emas. Shuhrat taqsimlaydigan tavanxona ham emas. Tabiat ato etgan chinakam iste’dodingga qo‘shimcha atroflicha biliming, aql-farosating, odamzod uchun qimmatli ezgu niyating, pok vijdoning bo‘lsagina “Adabiyot” davomi…

Xolmuhammad Karimiy. Chorva odami (hikoya)

Agar o‘lim-jitimsiz to‘l tushsa, cho‘ponning murutini bolta kesmadi degani. Haydarqul ham suruvi chiqitsiz boyib yelkasidan tog‘ ag‘darilgandi, kayfi chog‘. Kiyim-boshini almashtirib, yo‘lga otlandi. Qizilning darasidan chiqib kelib, Katmanning hovariga yetganda oti adirga tirsaklab ketdi. Darhol selga tomon jilovini burdi. Namgarchilik davomi…

Riskul Izzatova (1994)

Riskul Izzatova (Rыskүl Izatova) – 1994 yilda tug‘ilgan. Atoqli adib Chingiz Aytmatovning to‘qson yilligi­ga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng yaxshi she’rlar” tanlovida birinchi o‘rinni egallagan. NOUMID Derazadan yuzga tushar kun nuri, Kipriklardan qushdek uyqu uchdi jim. “Harir tongni qanday qarshi oldi” deb, davomi…

Berdibek Jamgirchiyev (1987)

Berdibek Jamgirchiyev (Berdibek Jamgыrchiyev) – 1987 yilda tug‘ilgan. Bishkek ijtimoiy fanlar universitetining qirg‘iz filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Yurakda qolgan bir ism” nomli kitobi chop etilgan. * * * Qayg‘urmagin, mening ilk sevgim, So‘yla, boqma ko‘zlarimga jim. Meni g‘amga yo‘liqtirma, kul, Yashamoqqa davomi…

To‘ra Mirzayev (1936-2020)

To‘ra Mirzayev (1936.06.03, Shofirkon tumani – 2020.29.09, Toshkent) – Folklorshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1988), professor (1991). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1957). Jarqo‘rg‘on tumani maktablarida o‘qituvchi va o‘quv bo‘lim mudiri (1957-1960), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant (1961-1963), davomi…