Nabijon Boqiy. Hisorak (hikoya)

Biz Hisorakda yashaymiz.Mening taxallusim — Baqqi Chol. Bilaman, orqavarotdan odamlar «Laqqi Chol» deydi. X. s. Indamayman, o‘zimni bilmaslikka solib yuraman. Arqonni uzun tashlab qo‘yganman, vaqti-soati yetganda tanobini tortaman. Mayli, g‘animlarim chuchvarani xom sanab yuraversin. Menga ham marhum ustoz Tog‘ay Murod davomi…

Sobir O‘nar. Tarvuz (hikoya)

Omondavlatning qishloqdan qo‘ng‘iroq qilib indinga bola-chaqasi bilan kelishini eshitib Xudoyqulning ensasi qotdi, nechukdir miyasiga lop etib buyam pul so‘rab keladi, bo‘lmasa besh-olti yildan beri ko‘rishmagan sinfdoshga balo bormidi, degan o‘y urildi. Ko‘ngli xijil tortib, kelmasayam o‘pkalamas edim dedi. O‘zidan-o‘zi xotiniga davomi…

Xurshid Do‘stmuhammad. Vasiy (hikoya)

Oppoq, toza dasturxonga yo‘rgaklangan chaqaloqni tizzalari orasiga yotqizib-tebratib o‘tirgan juvon ayvonning lang ochiq derazasidan bo‘ynini cho‘zib hovliga qaradi. Quvalashayotgan bir juft musichani ko‘rdiyu yo‘rgakni avaylab ko‘rpachaga yotqizdi, o‘rnidan ildam turib kalishini oyog‘iga ilganicha hovliga tushdi. Musichalar qanotini parillatib oldinma-keyin tomga davomi…