Anvar Obidjon. XX asr talonchiligi (hajviya)

Shahri azimning militsiyasi oyoqqa turdi. Jinoyat qidiruv bo‘limi hordiqdagi xodimlarini shoshilinch chaqirib oldi. Militsiya maktabi talabalari hisobiga kuchaytirilgan avtoinspektorlar jamiki yo‘l va yo‘lsimon joylar ustidan nazorat o‘rnatdi. Drujinachilarga paxtavon o‘qli qurollar berilib, vokzallar, aeroportlar, bozor-guzarlarga tarqatildi. Dala-dasht, ko‘l-daryo zonalarini kuzatish davomi…

Anvar Obidjon. Nishon buqoq va ritmik gimnastika (hajviya)

Televizo‘r yangi chiqqan davrlarda Habil ko‘knorining hujrasiga yig‘ilib, pul to‘lab tomosha ko‘rardik. Kamxarjlar bir hovuch mayiz yoki uch-to‘rt kalla novvot olib kirishardi. Oynai jahonning qulog‘i buralsa, do‘st-dushmanni ajratmay jilmayadigan bir juvon «assalomu alaykum»lab chiqib, ortiqcha jalanglamasdan gap boshlardi. Keyin qarabsizki, davomi…

Anvar Obidjon. Poxoldo‘q (hajviya)

Do‘kondan sut olib kelayotgan Hojiqurbon uyiga yetay deb qolganida, qo‘shnisining darvozasi zarb bilan ochilib, pirpiraganicha Mardivoy chiqib keldi. Ortidan «Adidas» degan yozuvli changqoqarni do‘layib, xotini ko‘rindi.– Hu, yashshamagur! Iloyim, tilingga zindalak chiqsin!Bizning davrimizda kelinlar erini ko‘sov ushlab quvardi, zamonning madaniylashib davomi…

Anvar Obidjon. Shumqadam (hajviya)

Oliymaqom idoraning nufuzli rahbariyatiga yetib ma’lum bo‘lsinkim, ushbu ogohlantiruvchi salomnomani xalqning ishonchli farzandi, keksa balshevikning yaqin qarindoshidan deb fahmlagaysiz.Bilaman, hozirga kelib, imzosiz xatlarni tekshirish, afsus va afsuski, rusumdan chiqdi. Shunga qaramay, mazkur muhim hujjat bilan chuqur tanishib, undagi bebaho ashyolarni, davomi…

Anvar Obidjon. Tutunfurush (hajviya)

Mani bilasiz, aka, do‘ppim yerga tushib ketsa, birontasiga besh so‘m berib oldiradigan yigitlardanman. Gastrano‘m mudirining jiyani degan nomim bor. Mana, kasbi halolimni ko‘rib turibsiz – tratuvarning chetiga o‘rnashvolib, kuniga bir yashik «Rodopi» sotaman. Moliya agenti pachakilashmay tursa, kam deganda yigirma davomi…

Anvar Obidjon. Sovigan ko‘ngil (hajviya)

Shu topda u ko‘zimga yanada sovuq ko‘rinib ketdi. Aftimni tirishtirib, yuzimni chetga o‘girdim.Kayfiyatim tushganini payqayotgandek, «ilgarilari mendan joningizniyam ayamas edingiz, endi me’dangizga tegdim shekilli», deyayotgandek tuyuldi. O‘ng‘aysizlanib, ko‘zimni yerga qadadim.U esa go‘yo ta’nani davom ettirdi: «Balki, mendan qutulmoqchidirsiz?»«Ha!» deb baqirgim davomi…

Anvar Obidjon. Ziyodbotirdan boshqasi topiladi (hajviya)

– Xo‘p, sizga nima kerak?– Mana ro‘yxat… xo‘-o‘-sh… o‘nta tank, yigirmata bronetransportyor, o‘n beshta qiruvchi uchoq, o‘ttizta Ziyodbotir, qirqta svetofor, shuncha militsioner, beshta go‘sht tashiydigan mashina.– Ziyodbotirlar allaqachon tugab ketgan. O‘rniga tank olaqoling. Yoki svetofor.– Shuncha svetoforni nima qilaman? Keyin, davomi…