Said Anvar. Qo‘shnilar (hajviya)

Mamaziya aka bilan Tojiboy buva qo‘shni. Ota-buvalari ham bir devorning ikki yog‘ida yashashgan ekan. Turpog‘i bir joydan olingan bo‘lsa-da, lekin ular ikki xil odam: Tojiboy buva novcha, har bir so‘zni aytsammi, aytmasammi deb, salmoqlab gapiradi. So‘zlari kabi qadam tashlari ham davomi…

Norali Ochilov. Darcha (hikoya)

Abdufattoh anchadan buyon odam oyog‘i yetmagan boloxona derazasini ochib yuborgandi, dimog‘iga toza havo urildi. Bir muddat vujudi qonib, ko‘ksini to‘ldirib-to‘ldirib nafas oldi. Yuqoridan hovli sahniga ko‘z yugurtirdi. Daf’atan tonggi g‘ira-shirada akasi ikkovining hovlisini ajratib turgan devor biroz og‘ib qolganini payqadi. davomi…

Rahmat Fayziy. Ona (hikoya)

Pochtalon xuddi o‘z uyiga kirayotgandek bemalol darvozani ochdi-da, to‘g‘ri hovli sahnida turgan stol yoniga bordi. Yelkasidan sumkasini olmagan ham ediki, rovonda dars tayyorlab o‘tirgan bolalar oldinma-ketin yugurishib kelib, uni o‘rab olishdi. Pochtalon ularga gazetalarni berdi-yu; «bunisi egasiga» deb xatni yashirdi. davomi…

Shukrullo. Tirik ruhlar (roman)

Birinchi bob FARYoD Yoz kunlaridan biri. Kutilmagan dahshat boshlandi.O‘zi guvoh bo‘lib, o‘zi ko‘rmagan odam ishonmaydigan voqea yuz berdi. Hozirgina hammayoqni kuydirib turgan jazirama saraton birdaniga qahraton qishga aylandi. Yarqirab turgan quyoshning yuziga qop-qora parda tortilib, osmon tunga burkandi. Ko‘ngilni behuzur davomi…

Shuhrat. Shinelli yillar (roman)

BIRINChI QISM I «Balki, muhabbat deganlari shudir? Bo‘lmasa nega yuragim arziqadi. Uni ko‘z oldimga keltirsam, qalbim gurs-gurs uradi, shirin orzu vujudimni erkalab o‘tadi. Chindan ham muhabbat shumi? Deydilarki, odatda, sevishganlar o‘z ko‘ngillarini til bilan izhor etmaydnlar, imo-ishora va ba’zan qochiriq davomi…

Shuhrat. Oltin zanglamas (roman)

BIRINChI QISM Mehribon onam,sevikli muallimim,qadrdon do‘stim,aziz farzandlarimgabag‘ishlayman.MUALLIF. 1. ATLAS KUYLAKLI QIZ Qodir umri bino bo‘lib bunaqa kelishgan qizni ko‘rmagan edi!U bog‘da, maysa ustida, ko‘ylagini chiqarib, botinkasini yechib, maykada dars tayyorlab o‘tirardi. Havo dim. Qilt etgan shamol yo‘q. Daraxtlarning barglari qo‘rg‘oshindan davomi…

Shuhrat. Mashrab (roman)

«… QOShI QAROSINI KO‘RUNG» Omadi kelgan yigitning sevgani ham oldidan chiqadi.Bahor nafasi qayta boshlabdi. Ammo saraton yallig‘i hali olisda. Qamish bo‘totlarga bahor ko‘rkini baxsh etgan ko‘katlar orasida ungan munchoqko‘z sariq chechaklar va lolaqizg‘aldoqlar qoramtir tortib, yal-yal yongan gullarini to‘kkanlar. Bolalarning davomi…