Marina Svetayeva. Pasternakka maktublar

Pasternak!Siz mening birinchi shoirimsiz. Tirik shoirim. Sizning ertangi kuningizga o‘zimnikiga ishonganday ishonaman. Beqiyossiz, shoirim.Pasternak men hayotimda ko‘p shoirlarni ko‘rdim:: kattasini ham, kichigini ham. Ular she’r yozuvchilar edi, hatto ajoyib qilib yozib qo‘yishardi.Vassalom. Ularning birontasining manglayida shoirlik qismatini ko‘rmadim. Bu qismat, davomi…

Konstantin Paustovskiy. Yoz bilan hayrlashuv (hikoya)

Necha kundirki, tinmasdan sovuq yomg‘ir quyadi. Bog‘da namxush shamol shovullaydi. Kunduz soat to‘rtlardanoq kerosinli chiroqlarni yoqdik. Shunda beixtiyor yoz butunlay tugaganligi, yer tobora tumanlarga qorishib borayotgani, atrofni izg‘irin, ayni paytda, g‘alati qorong‘ulik bosib kelayotganini ilg‘ab qoldik.Noyabr oxiri — qishloqdagi eng davomi…

Anor. Qizil limuzin (hikoya)

Etti do‘nglik shahrimdaMen gulimdan ayrildim.Na o‘limni tushunmoqlik,Na undan qo‘rqmoqlik ayb.Nozim HIKMAT O. xayollari chuvalashib to‘xtadi, atrofga alangladi. Bu joylar unga tanishday, biroq tor ko‘chani ilk daf’a ko‘rib turishi. Bir-ikki qavatli uylar, eski, nuragan hovlilarning bad, qorishiq bo‘ylari, eshiksiz-derazasiz devorga borib davomi…

Gabriel Garsia Markes. Atirgulning tikoni (hikoya)

Kechga yaqin chegaraga yaqinlashganlarida Nena Dakonte nikoh uzugi ta-qilgan barmog‘idan hamon qon tomchilayotganini ko‘rdi. Kigizrang yomg‘irpo‘sh kiygan ispan jandarmi karbid chirog‘ini tutib ularning pasportini uzoq ko‘zdan kechirdi. Pireney tog‘laridan esayotgan kuchli shamol uni uchirib ketaman derdi. Garchi ikkala pasport ham davomi…