Isroil Mirzayev (1938-2006)

Taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Isroil Mirzayev 1938 yilning 8 yanvarida Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Po‘loti qishlog‘ida tavallud topgan. 1960 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. 1960-1965 davomi…

Muhammadjon Mirzamuhamedov (1933)

Yozuvchi va tarjimon Muhammadjon Mirzamuhamedov 1933 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘p yillar markaziy «Pionerskaya pravda» gazetasining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri bo‘lib ishlagan. M. Mirzamuhamedov ko‘plab o‘zbek yozuvchilarining — O‘lmas Umarbekovning «Bu men, ona», «Sevgim, sevgilim» hikoyalar va qissalar to‘plamlarini, o‘zbek yozuvchilarining davomi…

Sabohat Azimjonova (1923-2001)

Sabohat Azimjonova (1923 yil dekabr, Toshkent – 2001 yil 26 aprel) — sharqshunos olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969). Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950— davomi…

Ubaydulla Karimov (1920-1997)

Karimov Ubaydulla Isroilovich (1920.1.4 — Toshkent — 1997.11.10) — sharqshunos olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1972). O‘rta Osiyo industrial institutining kimyo-texnologiya fakulteti (1941) va O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetini (1949) davomi…

Malik Nabiyev (1913-1992)

Nabiyev Malik Nabiyevich (1913.18.1 — Toshkent — 1992.10.1) — kimyogar olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1963), texnika fanlari doktori (1955), professor (1956). Ivanovo kimyo-texnologiya institutini tugatgan (1935). Donbassdagi Gorlovka o‘g‘it zavodida ishlagan davomi…

Subutoy Dolimov (1907-1991)

Subutoy Dolimov (1907.23.1 – Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1939). Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, sho‘ba mudiri (1943—57). ToshDU da o‘qituvchi (1957—62), dotsent (1963 yildan) bo‘lib ishlagan. Oliy davomi…

Abdulhamid Majidiy (1902-1938)

Abdulhamid Majidiy (taxallusi Abutanbal, A. B., Chaqmoq 1902 — Kattaqo‘rg‘on — 1938) — o‘zbek shoiri, dramaturg, adabiyotshunos, jurnalist, pedagog. Dastlab eski maktabda, so‘ngra Kattaqo‘rg‘onda ochilgan rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. «Zarafshon» (1925 — 26), «Ozod Buxoro» (1927—28) gazetalarida muharrirlik qildi. Xorazm davomi…

Shokirjon Rahimiy (1898-1938)

Shokirjon Rahimiy (1898, Toshkent — 1938.4.10) — ma’rifatparvar. Otasi qo‘lida xatsavodini chiqargach, madrasada, usuli jadid maktabi va kechki rus-tuzem maktabida o‘qigan (1903—09). «Rahimiya» maktabida o‘qituvchilik qilgan (1909—19). Shokirjon Rahimiy «Turon» teatr to‘dasi faoliyatida qatnashish bilan birga Xalq universiteti (1918), «Ishtirokiyun» davomi…

Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929)

Mirmuhsin (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895 — Toshkent — 1929.4.8) — jurnalist, yozuvchi. O‘zbek matbuotining asoschilaridan biri. 1916—17 yillarda Ufadagi «Oliya» madrasasida o‘qigan. 1917 yili Toshkentga qaytgan. 1917 yili Fevral inqilobi munosabati bilan «Turon» gazetasiga yozgan «Tarixiy ikki voqea» davomi…

Muhammadamin Faxriddinov (1894-1941)

Muhammadamin Faxriddinov (1894 Toshkent — 1941) — o‘zbek ma’rifatparvari, pedagog. Toshkentdagi madrasalardan biri va 2 bosqichli rus-tuzem maktabini tugatgan. 1913—17 yillarda Toshkentdagi rus-tuzem maktablaridan birida o‘qituvchi. Oktyabr to‘ntarishi (1917)dan so‘ng o‘zbek maktablarida o‘qituvchilik qilgan. Muhammadamin Faxriddinov yangi usul maktablari uchun davomi…