Navoiy va Husayn

Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh munshiy ekan. Podsho hamma vaqt Navoiyning deganlariga quloq solar ekan. Kunlardan bir kuni Husayn Boyqaro ertalab saroyga kirib ketayotib, Navoiyga qarabdi-da, ko‘rsatgich barmog‘i bilan boshini ko‘rsatibdi. Navoiy ham shu barmog‘i bilan tilini ko‘rsatibdi. Husayn davomi…

Navoiy bilan cho‘pon

Navoiyning yoshligida otasi o‘lib ketgan ekan. Otasi o‘lgandan so‘ng o‘z shahrida turolmay, Samarqandga borib, madrasada o‘qibdi.Ko‘p qiyinchiliklar bilan o‘qishni tamomlab yana o‘z shahriga qaytibdi. Ot-ulovsiz piyoda yurib, bir necha kun deganda bir toqqa kelibdi. Bu joyda bir mo‘ysafid cho‘pon bilan davomi…

Ibn Sino va tarbiya

Yigit bilan qiz turmush qurishibdi. Oradan to‘qqiz oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soatu to‘qqiz daqiqa o‘tgach, farzand ko‘rishibdi.— Bolamizni qanday tarbiya, qilamiz? —  debdi ona.— Uni shunday tarbiya qilaylikki, katta bo‘lganda el-yurtga foydasi tegadigan bo‘lsin, — debdi ota. Xotini:— To‘g‘ri aytasiz, davomi…

Yaxshisi ham, yomoni ham til

Kunlardan bir kuni podsho vazirga:— Menga dunyoda eng yaxshi go‘shtdan kabob qilib keltiring, — debdi.Vazir boshi qotib uyiga kelibdi, «eng yaxshi go‘sht qaysi molning go‘shti ekan?»—deb rosa o‘ylabdi. U xunob bo‘lib o‘tirgan ekan, qizi:— Otajon, nimadan xafasiz, yoki podshodan yomonroq davomi…

Til tig‘dan o‘tkir

O‘tmish zamonda bir mamlakatning podshosi qattiq kasal bo‘lib qolibdi. Mashhur tabiblar ham ko‘rib uni tuzata olmabdilar. Nig‘oyat, bir donishmand chol podsho qoshiga kelib:— Sher sutini ichsangiz tuzalasiz, — debdi.Podsho jar chaqirtiribdi. Hech bir joydan biror kimsa: «Sher sutini men olib davomi…

Hozirjavob vazir

Bir podsho bor ekan. Uning vazirini hamma dono vazir deb hurmat qilar ekan.Bir kuni podsho vazirining donoligini sinamoqchi bo‘lib:— Bir yemakka nima yaxshi? — deb savol beribdi.Vazir ham og‘zidan chiqishi bilan yoqasiga yopishtirgandek:— Tuxum! — deb javob beribdi.Podsho jilmayibdi. Oradan davomi…

Ota vasiyati

Bor ekan-da, yo‘q ekan, qadim zamonda bir kambag‘al dehqon o‘tgan ekan. Uning hovlisida bir tup toki bor ekan, shu tokdan olgan hosilni sotib qishin-yozin tirikchilik qilar ekan. Bir kun dehqon betob bo‘lib yotib qolibdi. Shunda u yolg‘iz o‘g‘lini yoniga chaqirib davomi…

Tan-sihatlik — tuman boylik

O‘tgan zamonda bir qashshoq donishmand cholning oldiga kelib:— Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qilishimni bilmay qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan? — debdi. Chol:— Sen kambag‘almisan? — desa, u:— Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz davomi…

Er-xotin va o‘g‘rilar

Bir kuni kechasi er-xotin choy ichib o‘tirishgan ekan, o‘g‘rilar tomda dupurlab yurib qolishibdi. Buni sezgan uy egasi, xotiniga:— Choyni shopir, Shomurodga ber, to‘rdagi to‘rttoviga ber, adandagi oltisiga ber, o‘zing ichib menga ber, uxlab yotganlar baloni ichsin! —debdi.Buni eshitib o‘g‘rilar: «Odam davomi…