Anvar Suyunov. Mudarris (ocherk)
Toshkent Iqtisodiyot universitetining katta ma’ruzalar zali.Bichimi qadimgi Rimning Kolezeyini eslatuvchi auditoriyadagi zinama-zina o‘rindiqlarda tizilib olgan talabalar enishdagi bitiktaxta yozuvlariga ko‘z tikishgan. Tevarakda pashsha g‘o‘ng‘illasa eshitilgudek. Bahaybat derazalardan tushayotgan quyosh nurlari bitiktaxta yoziqlarini yiltillatib, yaltiratib o‘tadi. Unda ko‘hna iqtisodiyot fanining zamonaviy davomi…