Ulug‘bek Mustafoqulov. Oq qashqa (hikoya)

Tongda meni kimdir turtilab uyg‘ota boshladi.— Jabbor tur, turaqol endi.Uyqu elitayotgan ko‘zlarimni harchand ochishga harakat qilmay, baribir ocha olmasdim.— Voy o‘zimning uyquchi ukam-ey, qani turivorchi. Ovoz egasini endi tanidim. Bu akam Qahhor edi. Muloyim tovushda yana menga murojaat eta boshladi.— davomi…

Olim Toshboyev. Kiprik soyasi (hikoya)

«Barchani qo‘yingu men zorga yig‘lang».Bedil «Foniy dunyo bandalari nimani unutishadi?!»«Hamma narsani. Hatto Tangrini ham». Dunyoda odamlar bir-birlariga Kiprik yanglig‘ yaqin yashaydilar. Ammo… to‘ymaydilar bu yolg‘on Dunyoga, Mening esa… ruxsorim kipriklar soyasida nihon bo‘lur. Bebaqo olamning nolakor bandalari nogoh bandlaridan uzilsalar davomi…

Kozim Davron. Armon (hikoya)

«Nega shunday qildim? Endi nima bo‘ladi?..» Kechki ovqat tayyorlayotgan Rahima goh-goh xo‘rsinib, shu haqda o‘ylardi. Dili g‘ash, ko‘ngli vayron. Ko‘rgilik yomon. Ayniqsa, o‘zing tilab olsang. Na dardingni birovga ayta olasan, na bir maslahat so‘raysan. Yog‘ing-da qovrilaverasan, qovrilaverasan.U oyoq ostida yotgan davomi…

Durbek Qo‘ldosh. Shikor (hikoya)

1494 yil qahraton qishi Farg‘ona mulkida qalin qorlari, qattiq sovuqlariyu, achchiq izg‘irinlari bilan odamlar yodida ko‘p yillar qoladigan bo‘lib o‘tib borardi.Tong otgan hamono Umar Shayx Mirzo saroy kutvoli* Muhammad Qavchinni yonlariga olib, butun hisor ichkarisini aylanib chiqdilar… Eshik og‘aga muhim davomi…

Shirin Soburova. Surayyo (hikoya)

Sodiq bugun dimog‘i chog‘ kirib keldi. “Tinchlikmi?” deya Surayyoning so‘zsiz bergan savolini nigohidan uqib:– E, so‘rama, naq omadim chopdi. Anovi ikkalamizni birga xizmat safariga jo‘natadigan bo‘lishdi. Yo‘l-yo‘lakay u yoq-bu yoqdan gaplashib ketdik. To‘g‘risi, menga biroz ro‘yxushlik berganday bo‘ldi, – dedi davomi…

Hamid Alp. Ayol va ilon (hikoya)

Rassomning toqqa kelganiga hafta bo‘ldi. Ammo chizishni boshlashga hali kirishgani yo‘q. Uskunasi oldida bo‘yoqlar terilganicha, ilk tasvir qog‘ozi – eskiz esa oppoqligicha turibdi . Gap uning ko‘p yillardan beri yaratishni o‘ylab qo‘ygan, durdona bo‘lmasa hamki, bosh asari g‘oyasini chizishni dilida davomi…

Sarvar To‘rayev. Karvonqush (hikoya)

Sahroning bepoyon kengliklarida yilning uch oyini aytmasa, tashqi dunyodan butkul uzilgan elatlar yashardi.Yirik-yirik tijorat markazlari tomon yo‘lga chiqqan karvonlar ba’zan bu ovullar haqidagi uzuq-yuluq afsonanamo gaplarga bo‘lgan qiziqishlari tufayli shu tomonlarga yo‘l solishardi.Karvonni izzat-ikrom bilan kutib olishgach, avvaliga ovul ulug‘i davomi…

Muhammad Uzoqov. Xonning xatosi (hikoya)

Buxorodan chiqqan Shohbaxt sulton Sayxunning quyi oqimidagi bobokalonidan qolgan qishlovga yetib keldi. Sulton otdan tushib o‘tov tomon yurdi. Udumga ko‘ra ulug‘ momosi ovoz chiqardi: Do‘stlarini kuldirgan xon bobongiz yo‘q endi,Dushmanlarin o‘ldirgan xon bobongiz yo‘q endi,Kemtik bag‘rim to‘ldirgan xon bobongiz yo‘q davomi…