Nusrat Rahmat. Sanatoriyada (hikoya)

Turkiston tizma tog‘lariga tutash Obigarm qishlog‘idan biror chaqirimcha balandlikdagi oromgohga baho beradigan bo‘lsak, uning mo‘jazligi, oddiy, hatto jo‘nligini tan olishimiz kerak bo‘ladi. Boshqa shahar, yurtlardagi dam olish uylari, kurort, sanatoriyalarda bo‘lganlar bu yerga kelib, burunlarini jiyirishlari hech gap emas. Odam bo‘yichalik davomi…

Nusrat Rahmat. Oq kalamushlar (hikoya)

Mardikor juvonning kundaligi Qirmizi rangli (bunaqasini birinchi bor ko‘rishim) «Nexia» haydovchisi kabinadan tushishi bilan, bu yerdagi taomilga ko‘ra, boshqalar qatori Barno ikkalamiz unga yaqinlashdik, yuzimizga tabassum surtgan bo‘ldik. Qirq yoshlar chamasidagi, bo‘ychan, ko‘rinishidan anchayin puxta, dilkash bu odam nigohi bilan davomi…

Nusrat Rahmat. Go‘rkov (hikoya)

Uning nomi yodda qoladigan, boloxonador – Ashuralioxun. Orqavorotdan go‘rkov deyishadi; tengdoshlari orasida Ashurali, Ashur, Ashi deydiganlar ham anchagina.Otasining oti Muhammadalioxun bo‘lgan. Shunchaki, Oxun, yoki go‘rkov deyishgan. Aslida, oxun deganda, o‘qimishli, ziyoli kishilar nazarda tutiladi. Lekin, ko‘rgan-bilganlarning guvohlik berishicha, otasi, hatto imzo davomi…

Nusrat Rahmat. Fojia (hikoya)

Mirsharif Xo‘jayevga bag‘ishlanadi 1 Siz ayrim ayollarning bor zahri-zaqqumi, nafrat va g‘azabi mujassamlashgan, gohida tesha tegmagan qarg‘ishlariga e’tibor bergan, aniqrog‘i, mag‘zini chaqqan, picha tahlil qilganmisiz? Tadqiqotchilar aholi orasida yurib, xalq qo‘shiq, lapar, udumlarini yozib olishganidek, qarg‘ishlarni ham to‘plashsa, yomon bo‘lmasdi, davomi…

Nusrat Rahmat. Noxush xayollar (hikoya)

Etmish yoshdan oshgan (aniqrog‘i, yetmish to‘rtga kirgan) qotma, bo‘ychan, siyrak sochlari oqargan, tishlarining yasamaligi sezilib turadigan, yurganda andak enkayib, ehtiyotkorlik bilan qadam tashlaydigan, nigohlari xiralashgan, ko‘zoynagi ostidan sal anqayib qaraydigan, ko‘rinishda sokin, xotirjam bo‘lsa-da, salga asabiylashib, serzarda bo‘ladigan, kasalvand, jizzaki davomi…

Nusrat Rahmat. Mahv bo‘lgan shahar (hikoya)

“BEHBUDIYGA BAXShIDA” HIKOYaLAR TURKUMIDAN Dushman mahv etgan shahar or-nomusi toptalgan qizga o‘xshaydi.Lev Tolstoy Urushni hamisha yomon odamlar boshlashadi, ammo unda asl insonlar nobud bo‘ladi.Ernest Xeminguey 1868 yilning ayni tut pishig‘i mahali keksa Camarqand qattol dushman ko‘lankasidan seskanib tushdi; aniqrog‘i, titrab davomi…

Nusrat Rahmat. Bemor (hikoya)

“Assalomu alaykum, hurmatli tog‘ajon!Ushbu nomani qadrdon jiyaningiz − Sodiqjondan deb bilgaysiz!Salomatligingiz yaxshimi? Yangam, jiyanlarim sog‘-salomatmi? Dissertatsiyangiz qiynab qo‘ymadimi?Mendan ahvol so‘rasangiz, yomon emas. Vrachlar obdon tekshirishdi, rentgendan o‘tkazib, dori-darmon tayinlashdi. Juda mehribon, g‘amxo‘r odamlar ekan. Tuzalib ketsam, biror yo‘l bilan yaxshiliklarini davomi…


Maqolalar mundarijasi