Nurullo Oston. Sovg‘a (hajviya)

Bir oshiq yigit yaxshi ko‘rgan qiziga chiroyli qo‘lqop sotib olibdi. Do‘konda odam ko‘pligidan sotuvchi qiz yanglishib, yigitga xuddi shunday o‘ramdagi ayollarning beldan pastga kiyadigan ichki kiyimini berib yuboribdi. Yigit bundan bexabar, sovg‘ani xat bilan birga sevgan qiziga yuboribdi. Unda shunday deb yozilgan ekan:

«Azizam! Ushbu sovg‘ani sizga olishimdan oldin sotuvchi qizdan kiyib ko‘rishni iltimos qildim. Unga juda yarashdi. Juda yengil echilar ekan. Sotuvchi qiz bu libosni yarim tushirilgan holda kiyib yurishni maslahat berdi. Azizam! Ushbu sovg‘ani ikkimizning muhabbatimiz ramzi sifatida  qabul qiling. Har gal yechganingizda meni eslang. Tez-tez shamollatib tursangiz, hidlanmaydi, elpug‘ich sifatida ishlatishingiz ham mumkin. Uning sizga qanchalik yarashishini tasavvur qilayapman. Siz bilan ko‘rishguncha hali unga ko‘p insonlarning qo‘li tegadi, deb o‘ylayman va bundan xursandman. Sovg‘a ortiga muhrlangan qaynoq bo‘salarim sizga muhabbatim ramzidir. Uning ichidagisini o‘pib qolaman…».