Nabi Jaloliddin. Ayo, ishq!.. (hikoya)

Odatda yakshanba kunlari allamahalgacha uxlardim. Bu safar negadir erta uyg‘onib ketdim. Tong yorishgan bo‘lsa-da, hali quyosh ko‘tarilmaganidan uy ichi nim qorong‘u, lekin kichkina derazadan ko‘kish-oq osmon ko‘ngilga ajib oydinlik baxsh etib, jilmayib turganday. Bu yerga kelganimga bir hafta bo‘lganiga qaramay, davomi…

Nabi Jaloliddin. Ayriliq (hikoya)

To‘rtinchi kuni odam ancha sepkildi. U ertasiga ertamandayoq opasi bilan singlisini o‘z uyiga haydadi — «Borib, bola-chaqalaringning issiq-sovug‘ini qillaring», dedi. Bo‘lmasam, opasi bilan singlisi, onasining qirqini o‘tkazib, keyin ketamiz , deb turishuvdi-ya. Taomiliyam shunaqa shekilli-da — marhumning qizlari qirq kun davomi…

Nabi Jaloliddin. Ochiq qolgan ko‘zlar (hikoya)

U qattiq bir silkinib, yonboshiga ag‘darildi…Men cho‘chib ketdim. Qo‘limdagi yarog‘imni tashlab, dovdirab borib, yelkasidan ko‘tardim. Tilimga so‘z kelmadi, gapirishni unutib qo‘ygandek edim. Ko‘zlarimga yosh to‘lgandi, ko‘zlarim achchig‘ini hech qachon his qilmagan yosh.O‘q uning ko‘ksiga tekkandi. U siltanib-siltanib zo‘rg‘a nafas olar, davomi…

Nabi Jaloliddin. Erkagi bor uy (hikoya)

Darvozaxonadan irg‘ishlab kirib kelgan bolakay uy yonida tarvaqaylab o‘sib, tom ustigacha shoxlab ketgan kattakon o‘rikning ostida erinchoqlik bilan timirskilanib yurgan targ‘il mushukni ko‘rib, bir to‘xtalib oldi. Keyin qo‘lidagi sumkasini go‘yo mushukning ustiga irg‘itayotgandek qattiq siltadi va shu siltash asnosida og‘zidan davomi…

Nabi Jaloliddin. Urush (hikoya)

Oshxona shiyponiga yelka suyaklari turtib chiqqan, bo‘ydor, qorato‘ri yigit kirib keldi. U yarim kosa lag‘mon va bitta non olib, nigohi bilan bo‘sh joy qidirdi. Eng chekkadagi joylardan biri bo‘sh ekanligini ko‘rib, o‘zicha xursand ham bo‘ldi — har tugul to‘polondan chetroq…Oshxona davomi…

Nabi Jaloliddin. Do‘ppi (hikoya)

Darvozadan kirib kelgan yig‘irma yoshlar chamasidagi yag‘rindor yigit uy sahniping yonidan kesib o‘tgan ariqchada qo‘lini yuvib, og‘zini chayqadi. Shimining cho‘ntagidan ro‘molchasini chiqarib, qo‘l va og‘zini artarkan, hech kim ko‘rinmaydi-ya, deganday atrofga alangladi. Shu ko‘yi shoshilmay yurib, so‘rtok ostiga qo‘yilgan, ustiga davomi…

Nabi Jaloliddin. Sevgi (hikoya)

Men sizga achinmayman, vafosiz sevgilarda,Behuda oqib o‘tgan bahorimning yillari!Pushkin. U qo‘shni maktabda, o‘ninchi sinfda o‘qirkan. Ismi — Oygul. O‘ziyam xuddi o‘sha oydek to‘lin, gul kabi juda-juda go‘zal edi. Lo‘ppi yuzi lovillab turardi. Bodom qovoqlari xumorlanib boqguvchi ko‘zlarini har zamon-har zamonda davomi…

Nabi Jaloliddin. Og‘riq (hikoya)

Ayvondan tushib, so‘rining oldiga yetganda og‘riq kuchaydi. O‘ng qo‘li bilan qornini changallab, chap qo‘lida so‘rining yog‘och ko‘ngurasini tutgancha, yarim bukchayib nafassiz turib qoldi. Kindigining atrofida xuddi ho‘l lattani siqqan kabi burab paydo bo‘ladigan bu og‘riq o‘nga qariyb yig‘irma yildan berib davomi…

Nabi Jaloliddin. Umr (hikoya)

Chol o‘rnidan turib, paypaslab choponini axtardi. Derazadan tushayotgan yoruqqa tutib, o‘ng-tersini to‘g‘riladi-da, yelkasiga tashladi va «yo bismillo» deya qo‘zg‘aldi.o‘ujanak bo‘lib tgan qizi 0hamon uyqudan uyg‘onmagandi. Cholning har safar qiziga ko‘zi tushganida yuragi eziladi — bechoraning baxti oschilmadi-da, buning ustiga dard davomi…

Nabi Jaloliddin. Bayroq (hikoya)

Bola uyning ostonasiga so‘mkasini tashlab, poyabzaliii yechayotganida hovli tomondan dadasining ovozi eshitildi:— Botir bolam, senmisan?Dadasining kayfiyati yaxshi shekilli, chunki yaxshi bo‘lsa, uni hozirgiday «Botir bolam» yoxud «Botir bola», deya chaqirish odati bor edi.— Menman, dada, — deb qo‘ydi u ovozi davomi…


Maqolalar mundarijasi